Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet339/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

338
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
korligi faoliyatini rejalashtirish qonunlarni puxta o‘ylangan asosda, ehtiyojga 
qarab qabul qilish, qonunchilik hujjatlarini tartibga solish va takomillashtirish 
uchun zarur shart-sharoit yaratadi. 
Huquqiy materialni bayon etish usuli qonunchilik texnikasida katta aha-
miyatga ega. Huquqiy normani shunday ta’riflash lozimki, uni ikki xil talqin 
etish mumkin bo‘lmasin, hujjat matnida ta’riflangan ko‘rsatmaning ma’nosi 
va talabini tushunish oson bo‘lsin. Huquq tizimi qanchalik mukammal, 
uning qonunchilik texnikasi saviyasi qanchalik yuqori darajada bo‘lsa, maz-
kur tizimning normalari shunchalik mukammal bo‘ladi. Ayrim hollarda, agar 
muayyan munosabat juda keng tarqalgan bo‘lsa, umumiy qoidadan muayyan 
istisnoni belgilash lozim bo‘lsa yoki bundan ham umumiyroq qoida yetarli da-
rajada aniq va lo‘nda bo‘lmasa, ushbu ta’riflarni normativ hujjatlarga kiritish 
o‘rinli bo‘lmaydi. 
O‘xshash jihatlarga ega va bitta umumlashtiruvchi ta’rifda tavsiflash 
mumkin bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar majmuini qamrab olish uchun ancha 
keng huquqiy ko‘rsatmalarni ta’riflash normativ material hajmini qisqartira-
di, ta’riflarning yanada to‘liq va serma’no bo‘lishiga erishish imkonini beradi, 
huquqiy tartibga solishda kamchiliklar yuzaga kelishi ehtimolini kamaytiradi. 
Ayni paytda, mavhumlik darajasi cheksiz bo‘lmasligi kerak. Haddan tashqari 
umumlashtirish va mavhumlashtirish ta’riflarning noaniqligi va mujmalligiga 
olib kelishi, har xil, ba’zan teskari talqin qilish, mazkur normalarni qo‘llovchi 
shaxslar va organlar vakolatini kengaytirish, binobarin, qonunni buzish uchun 
zamin yaratadi. Huquq normalarini bayon etishda oqilona me’yorni saqlash, 
haddan tashqari mavhumlashtirishga ham, ortiqcha mufassallashtirishga ham 
berilib ketmaslik lozim. 
Qisqartmalarni qo‘llashdagi har xillik ham normativ-huquqiy hujjat loyi-
halarini tayyorlashning texnik darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Huquq nor-
malarini bayon etishda qo‘llanilgan hamda aholining aksariyat qismiga tushu-
narsiz bo‘lgan va keng tarqalmagan qisqartmalar faqat anglashilmovchiliklar 
va noto‘g‘ri talqinlarga olib kelishi mumkin. Umum e’tirof etgan, muomaladan 
mustahkam o‘rin olgan va barchaga tushunarli bo‘lgan qisqartmalar (masa-
lan, va h.k., va b.)ga kelsak, ulardan voz kechish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Zotan, 
ular normativ materialni bayon etishni qisqartiradi, uni ixchamlashtirishga 
ko‘maklashadi. Qisqartmalarni qo‘llashda ma’lum tartib va bir xillik o‘rnatilsa, 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Normativ-huquqiy hujjatlarning sarlavhalari haddan 
tashqari uzun bo‘lsa, boshqa hujjatlarda ularga havola qilishda sarlavhalarini 
qisqartirib bergan ma’qul. Bunda sarlavhalar qisqartmalarini qo‘llashning bir 
xil tartibini o‘rnatish, ya’ni ayni bir hujjatga nisbatan bir xil qisqartmalar (ma-
salan, JPK, JK, FK) qo‘llanilishi kerak. 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling