Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet336/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

335
XV bob.
 Huquq tizimi va qonunchilik tizimi.
Qonunchilikni tizimlashtirish
tushunilishi va to‘g‘riroq qo‘llanilishiga ko‘maklashadi. Shubhasiz, texnik ata-
malardan foydalanish normativ hujjatlarni tushunishni qiyinlashtiradi, lekin 
yuridik atamalarning aniq, ixcham va to‘liq bo‘lishiga jumladan mana shu 
atamalar yordamida erishish mumkin.
Maxsus atamalarni zaruratga qarab, o‘ta ehtiyotkorlik bilan qo‘llash 
lozim; normativ hujjatlarni ularga to‘ldirib yubormaslik kerak. Yuridik huj-
jatlarda atamalarni qo‘llashga qo‘yiladigan talablarni quyidagicha ta’riflash 
mumkin:
1) atama ifodalanayotgan tushunchaning mazmunini aniq va tushunarli 
aks ettirishi lozim; mujmal, ko‘p ma’noli, eskirgan va tushunarsiz atamalarni 
qo‘llash maqsadga muvofiq emas;
2) keng qo‘llaniladigan, umume’tirof etilgan va sinovdan o‘tgan atama-
lardan foydalanish kerak;
3) qo‘llanilayotgan huquqiy atamalarning barqarorligini saqlab qolish 
zarur. Umuman, muomaladan mustahkam o‘rin olgan va muvaffaqiyatli 
qo‘llanilayotgan atamalardan voz kechish, asossiz ravishda yangi atamalar-
ni muomalaga kiritish zararli. Ayni bir huquqiy tushunchani ifodalash uchun 
yangi atamalar kiritish, atamalarning mazmunini o‘zgartirish noaniqliklar va 
anglashilmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Bu sohada turg‘unlikka yo‘l qo‘yish, 
huquqiy atamalarning barqarorligi deb muvaffaqiyatsiz atamalarni saqlab qolish 
ham yaramaydi (masalan, «ijara» atamasi o‘rniga ma’lum vaqt «pudrat» ata-
masi qo‘llanib kelindi). Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishdagi 
yangi tamoyillarni aks ettiruvchi, huquqiy hujjatlarda ilgari qo‘llanilmagan 
yangi atamalar ishlab chiqishni, avvalo, yuridik amaliyot talab qilishi kerak
shundan keyingina huquq fani ularni qabul qilishi lozim;
4) atamalarni qo‘llashda bir xillikni saqlab qolish zarur. Ayni bir tushun-
chani ifodalashda normativ hujjat matnida faqat bitta atamani qo‘llash lozim. 
Normativ hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda ham mana shu 
talabga rioya qilish kerak. Bir tushuncha barcha qonunchilik hujjatlarida ayni 
bir atama bilan ifodalansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
 
Yuridik texnika-normativ – huquqiy huj-
jatlar aniq, tushunarli va samarali bo‘lishini 
ta’minlash maqsadida ularni ishlab chiqish, 
rasmiylashtirish va tizimga solish qoidalari
vositalari va usullari majmui
1
.

Теория государства и права/Под ред. В.М. Корельского и В.Д. Перевалова. – М., 1998. – 313-bet.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling