Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Qonunlarni tizimlashtirishda
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Qonunlarni
tizimlashtirishda yuridik texnikaning ahamiyati 7-§. 336 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi O‘z vaqtida Sh.L. Monteskye qonun chiqaruvchi amal qilishi lozim bo‘lgan bir nechta qoidani ta’riflab bergan edi: – qonun uslubi sodda va aniq, dabdaba va jimjimadorlikdan xoli bo‘lishi lozim; – tushunchalar aniq bo‘lishi, har xil talqin qilish imkoniyatini istisno etishi lozim; – qonunlarda real va dolzarb masalalarni ko‘tarish, ramziylik va mavhumliklardan qochish zarur; – qonunlar matni mantiq bo‘yicha mashqlar bo‘lmasligi, aqliy salohiyati o‘rtacha bo‘lgan odamlarga mumkin qadar tushunarli bo‘lishi lozim; – qonunni ko‘p sonli istisnolar, cheklashlar va eslatmalar bilan qalashtirib tashlash yaramaydi; – qonunlar puxta o‘ylangan, asoslangan va amaliyot uchun zarur bo‘lishi lozim. Mazkur prinsiplar hozir ham o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q. Qonun loyihalarini ishlab chiqishning sinovdan o‘tgan usullarisiz ilg‘or parlamenta- rizmni tasavvur qilish mumkin emas. Qonunchilik texnikasining usullari va metodlari ko‘p va rang-barang- dir. Uning asosiy vazifasi qonunchilik hujjatlarining tushunarli hamda yuridik amaliyotda foydalanish uchun qulay, sifatli, lo‘nda va ixcham bayon etilgan nor- malarini ishlab chiqishda eng yaxshi shart-sharoit va imkoniyatlar yaratishdan iborat. Bundan kelib chiqib, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibi va shakliga qo‘yilishi lozim bo‘lgan quyidagi asosiy va eng umumiy talablarni belgilash mumkin: 1) normativ-huquqiy tartibga solishning to‘liqligi, huquqiy munosabatlar modelini tuzish, shuningdek yuridik normalarni ta’riflashda kamchilik va nuq- sonlarning yo‘qligi; 2) normativ-huquqiy ko‘rsatmalarning aniqligi, normalarni haddan tashqa- ri umumiy, mavhum ta’riflashga, haddan ziyod cheklovlarga yo‘l qo‘ymaslik; 3) mantiqiy jihatdan qat’iy va izchil bayon etish, huquqiy hujjatning nor- mativ ko‘rsatmalari o‘rtasida uzviy aloqani ta’minlash; 4) normativ hujjatda ham, butun huquq tizimida ham ziddiyatlarga yo‘l qo‘ymaslik; 5) normativ materialni iloji boricha qisqa va ixcham bayon etish (lekin ix- chamlikka intilish huquqiy ko‘rsatmaning barcha asosiy qoidalarini to‘liq bayon etish zarurati bilan zid kelmasligi kerak); 6) normativ va nonormativ ko‘rsatmalarni, muvaqqat va doimiy norma- larni aniq ajratish; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling