Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet327/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

326
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Qonunchilikning kompleks (majmuiy) tuzilmalari qatoriga, masalan, 
tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi, transport qonunchiligi, kapital qurilish 
sohasiga oid qonunchilik, fuqarolarning ijtimoiy himoyasiga oid qonunchilik, 
xo‘jalik qonunchiligi kabilarni kiritish mumkin. Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga 
o‘tayotgan bir sharoitda yangi huquq tarmoqlari paydo bo‘lmoqda. Masalan, 
korporativ huquq, budjet huquqi, bojxona huquqi, parlament huquqi, tadbirkor-
lik huquqi, sug‘urta huquqi, axborotlashtirish huquqi, ijtimoiy ta’minot huquqi, 
munitsipal huquq va boshqalar shular jumlasidandir.
Qonunchilik tizimini yanada chuqurroq ta’riflash maqsadida uni huquq 
tizimi bilan qiyoslab tahlil yuritamiz.
Avvalo, huquqning tarkibiy tuzilishi (strukturasi) jamiyatning iqti-
sodiy tizimi mazmuni bilan belgilanadi. Huquq tizimi qonun chiqaruvchi 
organning xohishiga ko‘ra shakllantirilmaydi. Yuqorida ta’kidlanganidek, 
huquq tizimining elementlari quyidagilardan iborat: huquq normalari, huquq 
institutlari, huquq tarmoqlari (ba’zan u yoki bu huquq tarmog‘i ichidagi bir 
turdagi yirik tuzilmani «tarmoq osti huquq sohasi» deb yuritiladi). Huquq 
tizimining rivojlanishi va yangilanishi ijtimoiy munosabatlarning takomil-
lashuviga bog‘liq.
Qonunchilik huquq normalarini o‘rnatish, rasmiylashtirish va hayotga 
joriy etish vositasi hisoblanadi. Qonunchilik hujjatlari huquqiy normalarni 
umumlashtiradi va rasmiy ifoda etadi. Biroq, qonunchilik tizimi normativ-
huquqiy aktlarning oddiy yig‘indisi emas, balki bunday hujjatlarning mantiqiy 
mutanosib va uyg‘unlashtirilgan tizimidir. Normativ-huquqiy hujjatlar tizimini 
shakllantirishda tartibga solinadigan munosabatlarning xususiyatlari va qonun 
chiqaruvchi organning istagi, manfaati hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Huquqning ichki tuzilishi (strukturasi) qonunchilik tizimini shakllanti-
rish uchun obyektiv asos bo‘lib xizmat qiladi. Huquqni ijod etish yoki qonun 
chiqarish jarayonida vakolatli organ huquq tarmog‘i va huquq tuzilmalarining 
xususiyatlaridan kelib chiqib ish tutishi lozim.
Qonunchilik tizimi bilan huquq tizimi o‘rtasida quyidagi farqlar mavjud:
birinchidan, huquq tizimining birlamchi, boshlang‘ich elementini huquqiy 
norma tashkil etadi; qonunchilik tizimining boshlang‘ich elementini qonunning 
moddasi yoki normativ-huquqiy hujjatning qoidasi tashkil etadi;
ikkinchidan, qonunchilik tizimi o‘z mazmuniga ko‘ra ba’zan huquq 
tizimidan kengroq bo‘lishi mumkin. Masalan, qonunchilik hujjatlarida dasturiy, 
maqsadni ifodalovchi qoidalar ham bayon etiladi. Bular huquqiy norma yoki 
institut mazmuni uchun ahamiyat kasb etmaydi;
uchinchidan, huquq tizimini tarmoqlarga va institutlarga bo‘lish asosida 
huquqiy tartibga solish predmeti va metodi yotadi; qonunchilik tarmoqlari dav-



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling