Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inkorporatsiya
330
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi normalarni qamrab olsa ham, ichki muvofiqlikka ega bo‘lgan yagona butun hujjatdir. Uning tarkibiy qismlari (normalar, institutlar) o‘zaro uzviy aloqa- dor bo‘lib, muayyan tizim tarzida joylashtiriladi. An’anaga ko‘ra, qonunchilik sohalarida tegishli kodekslar uyg‘unlashtiruvchi va boshqaruvchi faol markaz rolini o‘ynaydi. Kodeks bir huquq sohasiga oid qonunning mukammalligi, say- qal topganligi, barqarorligi bilan farq qiladi. Agar muayyan qonunchilik so- hasida bir vaqtning o‘zida kodeks va bir necha qonunchilik hujjatlari mavjud bo‘lsa, ular ichida kodeks yuridik kuchi va tartibga solish imkoniyati jihatidan ustunlik qiladi. Kodekslar ichki mantig‘ining pishiqligi, normalarining o‘zaro muvofiqlashtirilganligi bilan ajralib turadi. Kodekslashtirilgan aktlar o‘zining huquqiy tartibga soluvchi ta’sir kuchi va ahamiyatini uzoq muddat davomida saqlab qoladi. Kodeksdan tashqari kodekslashtirilgan hujjatlarning ustav va nizom shakllari mavjud. Ular o‘z mazmuni va vazifasiga binoan bir-biridan farq qiladi. Ustav – boshqaruvning u yoki bu sohasidagi muayyan idora, vazirlik va tashkilotlar faoliyatini tartibga soluvchi normalarni o‘zida aks ettiruvchi kodekslashtirilgan aktdir. Masalan, Qurolli Kuchlar intizomiy ustavi. Nizom – muayyan davlat tuzilmalariniing (jamoat birlashmalarining) tashkil etilish tartibi, tuzilishi, vazifasi, funksiyalari va vakolatlarini belgilovchi kompleks kodekslashtirilgan hujjat. Nizom – kodekslashtirilgan hujjatning eng keng tarqalgan turi. U muayyan huquq ijodkorlik organi yoki vakolatli mansabdor shaxs to- monidan tasdiqlanadi. Eng ahamiyatli sohalarga tegishli va yuridik kuchi yuqoriroq bo‘lgan nizomlar respublika Prezidenti, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Masalan, «O‘zbekiston Respublika- si Prezidenti Devoni to‘g‘risida nizom» – mamlakat Prezidenti tomoni- dan, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘mitalari to‘g‘risida nizom» – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan tasdiqlangan va hokazo. Inkorporatsiya – qonunchilikni tizimlashtirishning bir turi bo‘lib, bun- da qonunlar, farmonlar, hukumat qarorlari, farmoyishlar va boshqa normativ- huquqiy hujjatlarning mazmuniga hech qanday o‘zgartirish kiritmay, alifbo, xronologik, mavzu bo‘yicha va boshqa tarzda tizimga solib nashr etiladi. Qonunlarni inkorporatsiya qilish orqali tizimlashtirish deyarli barcha davlatlarda amalga oshiriladi. Ular ko‘p jildli holda nashr etilib, qonun- larning chiqarilgan vaqtiga qarab (xronologik), alfbo tartibida va boshqa sifat hamda belgilariga qarab joylashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab chiqarilgan qonunlarni «O‘zbekiston Respublikasining yangi qonunlari» degan ko‘p jildli xronologik |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling