Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oila huquqi
- Jinoyat huquqi
321
XV bob. Huquq tizimi va qonunchilik tizimi. Qonunchilikni tizimlashtirish Mazkur huquq tarmog‘i tartibga soladigan munosabatlar mazmuni uchun taraflarning tengligi xosdir. Shu bois fuqarolik-huquqiy munosabatlarini tartibga solish usuli avtonom va dispozitiv xususiyatga ega. Ya’ni, qonunda belgilangan qoidalar doirasida shartnomada huquqiy munosabat ishtirokchilarining muayyan xatti-harakat variantlarini mustahkamlash va ularga asoslanib ish yuritish huquqining mavjudligidir. Oila huquqi huquq tarmog‘i sifatida mazmunan fuqarolik huquqiga yaqin turadi. Ushbu huquq tarmog‘i oila-nikoh munosabatlari sohasidagi mul- kiy va shaxsiy-nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Uning normalari nikoh tuzish hamda uni bekor qilish, er-xotinlar, ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi, shuningdek farzandlikka olish, vasiylik va xomiylikka oid munosabatlarni, oila a’zolarining mulkiy ahvoliga, ularning o‘zaro huquq va majburiyatlariga doir masalalarni tartibga soladi. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi oila huquqining asosiy normativ hujjati hisoblanadi. Bu huquq tarmog‘ining tartibga solish usuli taraflarning tengligiga asoslanadi va dispozitiv xususiyatga ega bo‘ladi. Jinoyat huquqi yordamida davlat tomonidan qanday ijtimoiy xavfli xatti- harakatning jinoyat deb hisoblanishi va uning uchun qanday jazo tayinlanishi belgilanadi. Jinoyat huquqi jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan mutasaddi davlat organining vakolatlarini, jinoyatchilarni jinoiy javobgarlikka tortish asoslari va shartlarini, ularga nisbatan davlatning qoralov siyosati prinsiplarini, aniq jinoyatlar tarkibi va ularga tayinlanadigan jazolar tizimi hamda turlarini, ayb- ning shakllarini, turlarini o‘z normalarida mustahkamlaydi. Jinoyat huquqining bosh normativ hujjati – O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksidir. Bu huquq tarmog‘ining ijtimoiy munosabatlarga ta’sir o‘tkazish usuli jamiyat uchun xavfli qilmish, harakat va harakatsizliklarni qat’iy man etish, davlat majburlovini amalga oshirishdan iboratdir. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling