Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet319/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Moliya huquqi davlatning moliya va budjet faoliyatini amalga oshirish 
sohasida, banklar va boshqa moliyaviy muassasalar faoliyatida vujudga keladi-
gan munosabatlarni tartibga soladi. Ushbu tarmoqning predmeti bo‘lib moli-
yaviy munosabatlar, davlat budjetini shakllantirish va ijrosini ta’minlash, pul 
muomalasi, bank operatsiyalari, kreditlar, soliqlarga oid munosabatlar hisob-
lanadi. Moliyaviy faoliyat, ko‘pincha, ijro etish, farmoyish berish xususiyatiga 
ega va shu bois u ma’muriy huquq bilan ancha yaqin aloqada bo‘ladi. Bu faoli-
yat shuningdek davlat – hokimiyat xususiyatiga ham ega. Shuning uchun u 
konstitutsiyaviy huquq bilan uzviy bog‘liq. Bu tarmoqning tartibga solish usuli – 
tekshirish, nazorat, bajarilishi majburiy bo‘lgan farmoyishlar berish yo‘li bilan 
ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etishdan iborat.
Yer huquqi yerdan foydalanishga doir munosabatlarni tartibga soladi. Uning 
normalari yerdan unumli foydalanish va yer tuzilishi, yer fondini saqlash va 
taqsimlash, turli yer shakllarini ularning ma’muriy-xo‘jalik ahamiyatiga qarab, 
huquqiy holatini aniqlashga doir munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. 
Yer huquqi o‘z ichiga o‘rmon, suv va tog‘ huquqi tarmoqchalarini ham qamrab 
oladi. Bu huquq tarmog‘ining asosiy normativ akti bo‘lib, O‘zbekiston Respub-
likasining Yer kodeksi hisoblanadi. Yer huquqi ijtimoiy munosabatlarni tartibga 
solishda vakolat berish, ruxsat berish va man etish usullaridan foydalanadi.
Qishloq xo‘jalik huquqi – qishloq ho‘jaligi shirkatlari, fermer 
xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari, ijara xo‘jaliklarining tashkil etilishi va faoliyat 
ko‘rsatishi, ularning boshqa xo‘jalik subyektlari hamda davlat organlari bilan 
o‘zaro munosabatlari, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida mehnatdan foydalanish 
va unga haq to‘lash tartibi, daromadni taqsimlash tartibiga doir munosabat-
larni tartibga soluvchi normalar majmuidan iborat. Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi 
ishlab chiqarishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bundan tashqari, bozor muno-
sabatlarining qishloq xo‘jaligiga tobora kirib borishi va mustahkamlanishi bu 
huquq tarmog‘ining ahamiyatini yanada oshirmoqda.
Qishloq xo‘jalik huquqi normalari qonunlarda, normativ hujjatlarda va 
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi tashkiliy shakllarining Namunaviy nizomlarida 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling