Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet320/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

320
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
mustahkamlangan. Bu normalar hali kodekslashtirilmagan. Mazkur huquq 
tarmog‘ining asosiy usuli dispozitiv xususiyatga ega bo‘lib, u qishloq xo‘jaligi 
ishlab chiqarishi sohasidagi munosabatlarni mustahkamlash, muhofaza qilish, 
tavsiya etish, yordam ko‘rsatish yo‘llari bilan amalga oshiriladi.
Mehnat huquqi normalari mehnat munosabatlarining vujudga kelishi, 
o‘zgarishi va barham topishining shartlarini, ish vaqti hamda dam olish vaqti 
muddatining davomiyligini belgilash, mehnat muhofazasi, mehnat intizomiga 
doir munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Mehnat munosabatlari sub-
yektlariga ish beruvchi, ishchi va xizmatchilar, davlat organlari, muassasalari, 
korxonalari va jamoat birlashmalari, kasaba uyushmalari kiradi. Mazkur tar-
moqning normativ manbayi – Mehnat kodeksidir. Mehnat huquqining mehnat 
munosabatlarini tartibga solishda qo‘llaydigan uslullari bo‘lib, rag‘batlantirish, 
tegishli shartnomalarga normativ hujjat tusini berish hisoblanadi.
Fuqarolik huquqi mulkiy munosabatlarni, shuningdek, shaxsiy nomul-
kiy munosabatlarni (masalan, ismga bo‘lgan huquq, mualliflik huquqi, sha’n 
va qadr-qimmatni himoya qilish kabilar) tartibga soladi. Mulkiy munosabatlar, 
meros va vorislik munosabatlari ham fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga 
solinadi. Bu huquq normalari o‘z ta’siri bilan korxona, muassasa, tashkilotlar 
va jismoniy shaxslarning barcha fuqarolik oboroti (aylanmasi), xo‘jalik faoli-
yatini, jumladan, mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf 
etish, mulkni sotib olish va sotish, hadya qilish, meros qoldirish, mulkni ijaraga 
saqlab turishga berish, garovga berish, mahsulot yetkazib berish kabi munosa-
batlarni o‘z ichiga oladi.
Ta’kidlash joizki, fuqarolik huquqi normalari har qanday mulkiy munosabat-
larni ham tartibga solavermaydi. U faqat taraflar huquqiy jihatdan teng bo‘lgan 
mulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Masalan, da’vogar va javobgar, kreditor 
va qarzdor, buyurtmachi va pudratchi kabilar shartnoma munosabatlarining teng 
ishtirokchilari sanaladilar. Bu huquq tarmog‘iga hokimiyat va bo‘ysunish tarzi-
dagi ma’muriy va moliyaviy huquqlar uchun xos bo‘lgan munosabatlar yotdir.
Fuqarorlik huquqi huquq tizimi tarmoqlari ichida eng yirigi bo‘lib, u hajm 
jihatidan salmoqli huquq tarmog‘i hisoblanadi. Ayniqsa, bozor munosabat-
larining rivojlanishi, turli mulk shakllarining vujudga kelishi munosabati bilan 
uning obyekti yana ham kengaymoqda. Shu bois mazkur huquq tarmog‘i me-
ros huquqi, mualliflik huquqi, turar joy huquqi, patent huquqi va boshqa shu 
kabi bir qator huquq tarmoqchalarini o‘z ichiga oladi. Fuqarolik huquqining 
bosh normativ hujjati, asosiy manbayi – O‘zbekiston Respublikasining Fuqa-
rolik kodeksidir. Bundan tashqari, ushbu huquq tarmog‘i ichiga kiradigan ba’zi 
huquq tarmoqchalari normalari ham kodekslashtirilgan. Masalan, O‘zbekiston 
Respublikasining Havo kodeksi, Uy-joy kodeksi.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling