Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet313/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

314
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
gishli sohasi mavjud yoki mavjud emasligiga bog‘liq bo‘ladi. Ayni paytda
huquq tarmoqlari ham o‘zlarining hajmi, ijtimoiy munosabatlarga ta’siri 
va umuman huquqiy tartibga solishda tutgan o‘rni bilan farqlanadi hamda 
bu farq ko‘p jihatdan ular tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlarning 
mazmuni va ahamiyati bilan belgilanadi. Mustaqil huquq tarmog‘i tashkil 
topishi uchun quyidagi shartlar bo‘lishi lozim: 
– ijtimoiy munosabatlarning o‘ziga xosligi (tur jihatdan birligi);
– bu munosabatlarning hajmi va murakkabligi;
– vujudga kelgan munosabatlarni boshqa huquq tarmoqlari normalari 
yordamida tartibga solishning imkoni yo‘qligi;
– bu munosabatlarni tartibga solishning alohida usulini qo‘llash zarurligi.
Adabiyotlarda huquqning konstitutsiyaviy, ma’muriy, moliyaviy, mehnat, 
fuqarolik, oila, jinoyat huquqi, yer huquqi, qishloq xo‘jaligi huquqi, ekologiya 
huquqi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual huquqi va boshqa tarmoqlari 
ko‘rsatiladi.
Shunday qilib, huquq tizimi murakkab, ko‘p qirrali harakatdagi yaxlit 
tuzilma bo‘lib, professor S.S. Alekseev ta’kidlaganidek, quyidagi bir necha 
darajalarni: 
1) alohida normativ qoida tuzilmasini;
2) huquqiy institut tuzilmasini;
3) huquqiy tarmoq tuzilmasini;
4) huquqning yaxlit umumiy tuzilmasini o‘z ichiga oladi.
Ushbu darajalarning hammasi bir butun yaxlit holda ancha murakkab ij-
timoiy tarkibni tashkil etadi. Ayni paytda, huquq tizimi darajalari mantiqan va 
mazmunan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular bir-birini sabab va oqibat nisbati tarzida 
taqozo etadi.
Ommaviy va xususuiy huquq. Ta’kidlash joizki, jahon huquqiy 
tizimlarining ko‘pchiligiga u yoki bu tarzda huquqning xususiy va omma-
viy huquqqa ajratilishi xos. Xususiy huquq alohida shaxslarning ehtiyojini 
qondirish va manfaatini himoya qilishga qaratilgan bo‘lsa, ommaviy huquq 
esa, davlatning umumiy manfaatlarini muhofaza etadi. Xususiy va ommaviy 
huquqning shakllanishi qadimgi Rimga borib taqaladi. Unda jus publicum va 
jus privatum ajratilgan bo‘lib, ularga Rim yuristlari tavsif berishgan. Ma-
salan, Ulpianning fikriga ko‘ra, ommaviy huquq Rim davlatining holatiga, 
maqomiga taalluqli «ad statum rei Romanae spectat»; xususiy huquq esa
alohida shaxslar foydasiga taalluqlidir «ad Singulorum itilitatem»
1
. Huquq 
himoya etadigan manfaatlar mazmuni, xarakteri xususiy va ommaviy huquq 

Qаrаng: Новицкий И.Б. Основы Римского гражданского права. – М., 1972.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling