Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
308
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Shunday qilib, yuridik faktlar huquqiy munosabatlar o‘rnatishning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ular, odatda, huquqiy munosabat subyektlarining manfaatlariga mos keladi. Yuqoridagi tahlillarga yakun yasab, quyidagi xulo- salarni chiqarish mumkin: 1) huquqiy munosabatlar – ijtimoiy munosabatlarning alohida turi bo‘lib, ular ustqurmaning tarkibiy qismi sifatida iqtisodiy tizim, ishlab chiqarish mu- nosabatlari zamirida vujudga keladi va takomillashib boradi; 2) huquqiy munosabatlar, o‘z navbatida, jamiyat hayotiga, ishlab chiqarish jarayoniga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin; 3) huquqiy munosabatlar huquq normalari asosida paydo bo‘ladi (o‘zgaradi yoki barham topadi) hamda o‘z tabiatiga ko‘ra irodaviy xarakterga ega bo‘ladi; 4) faqat huquqiy normalargina ijtimoiy munosabatlarga qonuniy shakl baxsh eta oladi; 5) huquqiy munosabatlar – davlatli jamiyatga xos hodisa. Ular davlat siyosati, xohish-irodasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Huquq vositasida davlat ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga soladi; zarur hollarda huquqiy mu- nosabatlarni ro‘yobga chiqarish, muhofaza etish uchun davlatning majburlash kuchi ishga solinadi; 6) demokratik jamiyatda huquqiy munosabatlar, asosan, ixtiyoriy, ongli ravishda amalga oshiriladi. Biroq shunday bo‘lsa-da, huquqiy munosabatlar doimo davlatning madadiga (kuchiga) tayanadi; 7) huquqiy munosabatlar quyidagi to‘rt unsurli tarkibiy tuzilishga ega: huquqiy munosabat subyekti, uning obyekti, huquqdorlik, yuridik majburiyat; 8) huquqiy munosabatlarni vujudga keltiradigan, o‘zgartiradigan (rivojlantiradigan) yoki barham toptiradigan hayotiy hodisalar (shuningdek, tabiat hodisalari) yuridik faktlar hisoblanadi (chizmaga qaralsin); 9) yuridik faktlar hayotda huquqdan alohida, mustaqil bo‘lib, davlat xo- hish-irodasi tufayligina huquqiy ma’noga, ahamiyatga ega bo‘ladi; 10) huquqiy munosabatlar obyektiv va subyektiv huquqni amalga oshirish- ning alohida shaklidir. Xulosa qilib aytganda, huquqiy munosabatlar fuqarolar, jamoat birlash- malari, davlat organlari va boshqa yuridik shaxslar o‘rtasidagi turli-tuman aloqalarni tartibga solish orqali jamiyatda qonuniylikni mustahkamlash, qonun ustuvorligini qaror toptirish, shuningdek, inson, jamiyat va davlat manfaatla- rini huquqiy jihatdan uyg‘unlashtirishga samarali xizmat qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling