Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


XIV bob.  Huquqiy  munosabatlar Subyektiv huquqning mazmunini aks ettiruvchi jihat –  huquqiy vako-


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet304/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

XIV bob.
 Huquqiy 
munosabatlar
Subyektiv huquqning mazmunini aks ettiruvchi jihat – 
huquqiy vako-
lat hisoblanib, u uch xil bo‘ladi:
O‘z xatti-harakatlarini amalga oshirish yuzasidan bo‘lgan 
huquqiy vakolatlar. Bunga misol: mulkdor o‘ziga tegishli mulkka nisbatan 
egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlariga ega ekanligidir; o‘z ha-
rakatlarini sodir etish huquqi qonunchilik normalari yoki boshqa shaxslarning 
subyektiv huquqlari bilan cheklanishi mumkin. 
O‘zgalarning xatti-harakatiga bo‘lgan huquqiy vakolat. Bunda 
subyektiv huquq javobgar shaxs tomonidan muayyan harakatlar sodir etilgan 
taqdirdagina amalga oshadi. Masalan, qarz shartnomasi bo‘yicha pulni qay-
tarishni talab etish huquqi.
Talab tarzidagi huquqiy vakolat. Bu vakolatli davlat organiga muro-
jaat etib, muayyan majburiyatning bajarilishini talab etish imkoniyatidir. Masa-
lan, sudga murojaat etib, aliment to‘lanishini talab qilish huquqi. Shunday qilib
subyektiv huquqning amalga oshishi huquqiy vakolat egasi bo‘lgan shaxsning 
ixtiyori, istagi va irodasiga bog‘liqdir. 
Subyektiv huquq hamisha erkinlik (ozodlik) bilan uzviy bog‘liq. U – 
erkinlik me’yori. Mabodo, erkinlikning bu me’yori nolga teng bo‘lsa, har qan-
day munosabat o‘zining huquqiy tabiatini yo‘qotadi
1
. Basharti, subyektiv huquq 
o‘zga shaxs yoki tashkilot tomonidan buzilsa, huquqiy vakolat egasida buzil-
gan huquqini muhofaza etilishini talab qilib, murojaat etish imkoniyati paydo 
bo‘ladi. Mazkur vaziyatda davlatning huquqni qo‘riqlash faoliyati namoyon 
bo‘ladi.
Yuridik majburiyat – huquqiy munosabat ishtirokchilarining tegishli 
huquqiy normaga asosan o‘zlarining burchi (majburiyati) bo‘lgan harakatni 
amalga oshirishlari yoki ba’zi harakatni sodir etishdan o‘zlarini tiyishlaridir. 
Shaxs yuridik majburiyatlarni o‘tash tufayli huquqiy munosabatning 
ikkinchi ishtirokchisi subyektiv huquqi amalga oshishini ta’minlaydi. Agar 
huquqimizga muqobil turuvchi majburiyat o‘tovchi shaxs bo‘lmasa va u sub-
yekt qonun talab etgan xatti-harakatlarni sodir etmasa (yoki biron-bir hara-
katdan o‘zini tiymasa), bizning huquqimiz quruq gapdan boshqa narsa emas.
Yuridik majburiyat qonunga muvofiq talab etiladigan, bajarilishi lozim 
bo‘lgan xatti-harakatdir. Agar subyektiv huquqdan foydalanish ixtiyoriy bo‘lib, 
undan foydalanmaslik ham mumkin bo‘lsa, yuridik majburiyatni bajarmaslik 
mumkin emas.
G.F. Shershenevich yuridik majburiyat nima deb savol qo‘yadi va unga 
shunday javob beradi: bu eng avvalo, «o‘z irodang chegaralanganligini, 

Qаrаng: Варламова Н.В. Правоотношения: философский и юридический подходы. – Правоведе-
ние. 1991, № 4. – 51-bet.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling