XIV bob.
Huquqiy
munosabatlar
Subyektiv huquqning mazmunini aks ettiruvchi jihat –
huquqiy vako-
lat hisoblanib, u uch xil bo‘ladi:
O‘z xatti-harakatlarini amalga oshirish yuzasidan bo‘lgan
huquqiy vakolatlar. Bunga misol: mulkdor o‘ziga tegishli mulkka nisbatan
egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlariga ega ekanligidir; o‘z ha-
rakatlarini sodir etish huquqi qonunchilik normalari yoki boshqa shaxslarning
subyektiv huquqlari bilan cheklanishi mumkin.
O‘zgalarning xatti-harakatiga bo‘lgan huquqiy vakolat. Bunda
subyektiv huquq javobgar shaxs tomonidan muayyan harakatlar sodir etilgan
taqdirdagina amalga oshadi. Masalan, qarz shartnomasi bo‘yicha pulni qay-
tarishni talab etish huquqi.
Talab tarzidagi huquqiy vakolat. Bu vakolatli davlat organiga muro-
jaat etib, muayyan majburiyatning bajarilishini talab etish imkoniyatidir. Masa-
lan, sudga murojaat etib, aliment to‘lanishini talab qilish huquqi. Shunday qilib,
subyektiv huquqning amalga oshishi huquqiy vakolat egasi bo‘lgan shaxsning
ixtiyori, istagi va irodasiga bog‘liqdir.
Subyektiv huquq hamisha erkinlik (ozodlik) bilan uzviy bog‘liq. U –
erkinlik me’yori. Mabodo, erkinlikning bu me’yori nolga teng bo‘lsa, har qan-
day munosabat o‘zining huquqiy tabiatini yo‘qotadi
1
. Basharti, subyektiv huquq
o‘zga shaxs yoki tashkilot tomonidan buzilsa, huquqiy vakolat egasida buzil-
gan huquqini muhofaza etilishini talab qilib, murojaat etish imkoniyati paydo
bo‘ladi. Mazkur vaziyatda davlatning huquqni qo‘riqlash faoliyati namoyon
bo‘ladi.
Yuridik majburiyat – huquqiy munosabat ishtirokchilarining tegishli
huquqiy normaga asosan o‘zlarining burchi (majburiyati) bo‘lgan harakatni
amalga oshirishlari yoki ba’zi harakatni sodir etishdan o‘zlarini tiyishlaridir.
Shaxs yuridik majburiyatlarni o‘tash tufayli huquqiy munosabatning
ikkinchi ishtirokchisi subyektiv huquqi amalga oshishini ta’minlaydi. Agar
huquqimizga muqobil turuvchi majburiyat o‘tovchi shaxs bo‘lmasa va u sub-
yekt qonun talab etgan xatti-harakatlarni sodir etmasa (yoki biron-bir hara-
katdan o‘zini tiymasa), bizning huquqimiz quruq gapdan boshqa narsa emas.
Yuridik majburiyat qonunga muvofiq talab etiladigan, bajarilishi lozim
bo‘lgan xatti-harakatdir. Agar subyektiv huquqdan foydalanish ixtiyoriy bo‘lib,
undan foydalanmaslik ham mumkin bo‘lsa, yuridik majburiyatni bajarmaslik
mumkin emas.
G.F. Shershenevich yuridik majburiyat nima deb savol qo‘yadi va unga
shunday javob beradi: bu eng avvalo, «o‘z irodang chegaralanganligini,
1
Qаrаng: Варламова Н.В. Правоотношения: философский и юридический подходы. – Правоведе-
ние. 1991, № 4. – 51-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |