Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet301/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

delikt layoqati haqida bormoqda. «Delikt» 
lot. – huquqbuzarlik, noqonuniy xatti-harakat, ya’ni shaxsning sodir etilgan 
huquqbuzarligi, jinoyati uchun javob bera olish layoqatini anglatadi. Mazkur 
layoqat sohibi hisoblanayotgan shaxs aqli raso, ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi 
va o‘z xatti-harakatlari oqibati uchun to‘la javobgarlikni zimmasiga olishga 
layoqatli bo‘lishi lozim.
Huquqdorlik tushunchasi tarkibida huquqiy layoqat muhim belgilovchi 
o‘rinni egallaydi. Muomala layoqati bilan delikt layoqati esa, undan kelib chiqa-
di. Chunki, shaxs huquq layoqatiga ega bo‘lmasa, huquqni amalga oshirishi 
yoki tegishli javobgarlikni o‘tashi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. 


301
XIV bob.
 Huquqiy 
munosabatlar
Huquqiy munosabatlar tarkibiy tuzili-
shining zaruriy qismlaridan yana biri – ular-
ning obyektidir. «Obyekt» – lot. objektum – 
so‘zidan olingan bo‘lib, «narsa», «mavzu» de-
gan ma’noni anglatadi. Har qanday huquqiy munosabat uning zamirida yotgan 
hayotiy hodisalarni, narsa va jarayonlarni tartibga solish vazifasini o‘taydi. 
Shu bois, obyektsiz, ya’ni hech narsaga qaratilmagan, hech narsaga ta’sir 
ko‘rsatmaydigan huquqiy munosabatlar bo‘lmaydi.
Huquqiy munosabatda ishtirok etayotgan subyektlarning diqqat-e’tibori, 
manfaati, xatti-harakati qaratilgan real ne’mat, aniq narsa, jarayon, harakat-
lar 
huquqiy munosabatning obyekti deb ataladi. Masalan, uy-joy oldi-sotdi 
shartnomaviy munosabatining obyektini uy-joy tashkil etadi; odam o‘ldirish 
jinoyatining obyekti – insonning hayoti; birovni haqorat qilish fuqaroviy, 
ma’muriy va jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishi mumkin. Bu huquqiy muno-
sabatlar obyektini shaxsning sha’ni, qadr-qimmati, obro‘-e’tibori tashkil etadi.
Huquqiy munosabatlarning obyekti hayot hodisalari kabi turli-tumandir. 
Ularni quyidagicha guruhlashtirish mumkin:

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling