Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Huquqiy munosabatlarning
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fuqarolar (jismoniy shaxslar)
Huquqiy
munosabatlarning subyektlari 2-§. 298 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi huquqiy munosabatlarda jamoaviy subyektlar yuridik shaxslar sifatida may- donga chiqadilar. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida jismoniy va yuridik shaxslar ta’rifi berilgan. Fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqa- roligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi. Qonun barcha fuqarolarning teng ravishda huquq va burchlarga ega bo‘lish qobiliyatini (huquqiy layoqatini) e’tirof etadi. Kodeksning 39-moddasida yuridik shaxs tushunchasi bayon etilgan. Unga muvofiq, o‘z mulkiga, xo‘jalik yuritishida yoki kundalik boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan javob bera oladi- gan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. Yuridik shaxsning huquqiy layoqati va muomala layoqati bir vaqtda, ya’ni u tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi va uni tugatish yakunlangan paytdan e’tiboran tugatiladi. Yuridik shaxsning maxsus huquq layoqati uning ustavi, nizomi yoki qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi. Yuridik shaxs- lar mulkdor yoki u vakil qilgan shaxs tomonidan yoxud vakolatli organning farmoyishi asosida, shuningdek qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tar- tibda tashkil etiladi. Yuridik shaxslar – davlat, davlat idoralari, jamoat va shirkat tashkilotlari, korxona, muassasa va tashkilotlar, xo‘jalik birlashmalari- dir, ba’zan yakka tadbirkor ham. Davlat idoralari va nodavlat tashkilotlar quyidagi hollarda huquqiy muno- sabatlarning ishtirokchisi bo‘ladilar: a) o‘zlarining hokimiyat yoki qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirish orqali; b) jamiyat va davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida (faoliyatida) ishtirok etish orqali; d) xo‘jalik va mulkiy munosabat bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish orqali. Davlatning o‘zi to‘lig‘icha huquq egasi bo‘lish holatlari ham mavjud. Masalan, xalqaro huquqiy munosabatlarda, ya’ni xorijiy davlatlar bilan mu- loqotga kirishganda; davlat-huquqiy munosabatlarda, ya’ni federatsiya bilan uning subyektlari o‘rtasida aloqalar amalga oshganda, yoki davlat fuqaroligiga qabul qilishda, yoxud davlat o‘z fuqarosiga faxriy unvonlar berganda va h.k.; fuqaroviy-huquqiy munosabatlarda, ya’ni davlat mulki bilan bog‘liq munosa- batlarda, ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lgan tarixiy, milliy, ilmiy, madaniy va moddiy boyliklarga davlat merosxo‘r (voris) bo‘lgan hollarda; jinoiy-huquqiy munosabatlarda, ya’ni jinoiy ish bo‘yicha hukm yoki fuqarolik ishi bo‘yicha hal qiluv qarori davlat nomidan e’lon qilinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling