296
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
davlat-huquqiy (konstitutsiyaviy) munosabatlar; fuqaroviy-huquqiy munosabat-
lar; jinoiy-
huquqiy munosabatlar; mehnat-huquqiy munosabatlari; moliyaviy-
huquqiy munosabatlar va hokazo.
Shuningdek, mazkur tasniflash doirasida
moddiy va protsessual huquqiy munosabatlar; xususiy-huquqiy hamda omma-
viy-huquqiy munosabatlar haqida gapirish lozim.
Huquqiy munosabatlar o‘z mazmuniga ko‘ra, tartibga soluvchi
(regulyativ) va qo‘riqlovchi (negativ) turlarga ajratiladi.
Bu yerda tasniflash
mezoni – huquqning dinamik va statik, ya’ni tartibga soluvchi funksiyalaridir.
Tartibga soluvchi huquqiy munosabatlar huquq subyektlarining mo‘tadil xulq-
atvori, ya’ni huquqqa muvofiq xatti-harakatlari natijasida yuzaga keladigan
munosabatlardir. Qo‘riqlovchi huquqiy munosabatlar – huquqbuzarlik sodir
etish va buning uchun jazo tarzida davlat majburlov chorasini qo‘llash
zaruriyati
asosida kelib chiqadigan munosabatlardir.
Huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: