Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mutlaq huquqiy munosabatlarda
- Nisbiy huquqiy munosabatlarda
- Huquqiy munosabatlar subyektlari
297
XIV bob. Huquqiy munosabatlar judga keladi. Aniq huquqiy munosabatlar jinoyat, fuqarolik, mehnat, oila, soliq, uy-joy va boshqa kodekslar maxsus qismidagi moddalarning qo‘llanishi aso- sida kelib chiqishi mumkin. Bunda qonunda mustahkamlangan aniq huquqning ta’minlanishi uchun muayyan subyekt tegishli yuridik majburiyatni ado etadi. Mutlaq huquqiy munosabatlarda bir taraf aniq ma’lum bo‘ladi – bu subyektiv huquq egasidir. Qolgan barcha subyektlar majburiyat o‘tovchi tomon bo‘ladilar, ya’ni vakolatli shaxs subyektiv huquqlarning amalga oshirilishiga qarshilik qilmasligi lozim. Bunday huquqiy munosabatga mulkchilik munosa- batlari misol bo‘ladi. Nisbiy huquqiy munosabatlarda barcha ishtirokchilar (taraflar) aniq belgilangan bo‘ladi, ya’ni huquq egasi ham, majburiyat o‘tuvchi tomon ham ma’lum bo‘ladi. Masalan, sotuvchi va xaridor, buyurtmachi va pudratchi, ma’muriyat rahbari va xodim. Huquqiy munosabatlar o‘z ichki tuzilishiga ko‘ra quyidagi tarkibiy qismlar (elementlar) dan iborat: a) huquqiy munosabatlarning subyektlari (ishtirokchilari); b) huquqiy munosabatlarning obyekti; d) huquqiy munosabatning mazmunini tashkil etuvchi subyektiv huquq va yuridik majburiyatlar. Huquqiy munosabat, avvalambor, in- sonlar (kishilar jamoasi) o‘rtasidagi aloqa, bog‘lanish, munosabat bo‘lib, o‘z ishtirokchi- lariga, taraflariga ega. Har qanday munosa- bat ikki yoki undan ortiq shaxslar o‘rtasidagi aloqa, muloqot sifatida talqin etiladi. Tegishli subyektlarning mavjud bo‘lishi huquqiy munosabatlar amalga oshishining muqarrar sharti hisoblanadi. Huquqiy munosabatlar subyektlari – huquqiy normalar tufayli muayyan munosabatlar ishtirokchisi hamda subyektiv huquq va yuridik majburiyatlar egasi bo‘lgan insonlar yoki tashkilotlardir. Ushbu ta’rifdan ma’lum bo‘lishicha, huquqiy munosabatlar subyektlari ikki toifaga bo‘linadi: insonlar (jismoniy shaxslar) va tashkilotlar (jamoaviy subyektlar). Jismoniy shaxslarga tegishli davlatning fuqarolari, shu mamlakat hududida turgan xorijiy davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kiradi. Huquqning jamoaviy subyektlariga turli-tuman davlat va nodavlat tashkilotlar hamda idoralar, shuningdek davlatning o‘zi ham kiradi. Jamoaviy subyektlar sifatida ba’zan ijtimoiy birgaliklar ham tushuniladi: masalan, referendum yoki saylovlar o‘tkazilgan chog‘da – xalq, saylovchilar (elektorat) ana shunday subyekt hisoblanadi. Fuqaroviy- Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling