Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
304
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi o‘zganing manfaati bilan bog‘langanligini anglashdir». Inson o‘z xulq – atvori- ni unga tashqaridan bo‘ladigan talablarga muvofiqlashtirishga majbur qilinadi. Majburiyatning mohiyati ana shundadir. Huquqning talabi kimga qaratilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsni yuridik majburiyat o‘tovchi deb hisoblash lozim. O‘z ta- biati va ta’biga ko‘ra harakat qilmoqchi bo‘lgan shaxsning irodasiga qonunda nazarda tutilgan omillar ta’sir etib, uni o‘z majburiyatini anglashga majbur qiladi 1 . Subyektiv yuridik majburiyat quyidagilarda ifodalanadi: – taqiqlangan xatti-harakatlarni sodir etishdan tiyilish (bunda maj- buriyat o‘tovchi shaxs passiv bo‘lib, subyektiv huquq amalga oshishiga xalal bermaydi); – muayyan xatti-harakatlarni sodir etish (bunda majburiyat o‘tovchi shaxsdan faol harakat qilish talab etiladi, toki huquqiy munosabat boshqa ishtirokchisining subyektiv huquqi ro‘yobga chiqishi uchun sharoit yaratilsin). Yuridik majburiyatni bajarmaslik oqibatida yuridik javobgarlik kelib chiqadi. Yuridik majburiyatni bajarmagan shaxsga nisbatan davlat majburlov chorasini qo‘llaydi, ya’ni jazoga duchor etadi. Shunday qilib, subyektiv huquq va yuridik majburiyat o‘zaro chambar- chas bog‘liqdir. Huquq majburiyatsiz mavjud bo‘lmaydi. Va aksincha, biron-bir huquqqa mos kelmaydigan majburiyat bo‘lmaydi. Aynan bir faktik xulq-atvor, xatti-harakat bir vaqtning o‘zida bir tomon uchun – huquq, ikkinchi tomon uchun – majburiyat hisoblanadi. Masalan, ish vaqtidan tashqari ishlaganlik tufayli oshirilgan haq to‘lash ma’muriyat uchun – majburiyat, xodim uchun – huquqdir. Barcha ijtimoiy hayot hodisalari singari huquqiy munosabatlar ham taraqqiyot qo- nuniyatlariga itoat etadi. Insonlar o‘rtasidagi aloqalarning yuridik shakli bo‘lmish son-sanoqsiz huquqiy munosabatlar muntazam ravishda paydo bo‘lib, o‘zgarib va barham topib turadi. Huquqiy munosabatlar yuridik normalar asosida kelib chiqadi. Biroq, huquqiy normalar o‘z-o‘zidan, bevosita huquqiy munosabatlarni paydo qilmaydi. Normalar faqatgina huquqiy munosabatlar vujudga kelishining shartlari- ni, holatlarini va chegaralarini belgilab beradi. Huquqiy munosabatlarning mavjudligi yuridik faktlar, deb ataluvchi muayyan hayotiy hodisalar bilan bog‘liq. Yuridik faktlar huquqiy munosabatlarning zaruriy sharti, aniq talabi sifatida maydonga chiqadi. 1 Qаrаng: Шершеневич Г.Ф. Общая теория права. Вып. 3.1911. – 619–620-betlar. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling