Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Yuridik faktlar
5-§. 305 XIV bob. Huquqiy munosabatlar H uq uq iy m u n о sа b аt H u q u q iy m un о sа bа t оb ye k ti Is h ti rо kc h il а rni n g х u lq -а tv о ri v а un in g о q ib аt lа ri Hu qu q iy v а k о lа t S u b y ek ti v h uq uq vа m а jb u ri y a tl а r Hu qu q s u b y ek ti Y ur id ik f а k t H ar ak a t Ho d is a M о d d iy о lа m n е’ mа tlа ri Y ur id ik m а jb ur iy a t Y ur id ik sha xs Ji sm о n iy shа хs M а’ n а v iy i jо d mа hs u li S h а х siy n о m u lk iy n е’ mа tlа r H uq uq iy m u n o sa b at t a rk ib i 20–18-8 306 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Xo‘sh, yuridik faktlar degani qanday hodisa? Turmushdagi barcha vo- qeliklar mana shunday hodisalar hisoblana oladimi? Chamasi, yo‘q. Hayotda turli-tuman faktlar, holatlar, shart-sharoitlar bor. Ammo, ularning hammasi ham yuridik fakt bo‘lavermaydi. Muayyan hodisa va holatlarni yuridik fakt deb e’tirof etish davlatning xohish-irodasiga bog‘liq. Yuridik fakt huquqiy mu- nosabatni keltirib chiqaradi, tomonlarda huquq va majburiyat vujudga keltiradi. Huquqiy normalar ta’sirida u yoki bu hayotiy holatlar yuridik faktga aylanadi. Yuridik faktlar – huquqiy normalar asosida huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o‘zgartiruvchi va barham toptiruvchi hayotiy hodisalardir. Yuridik faktlar huquqiy tizimda, huquqiy tartibga solish mexanizmida muhim rol o‘ynaydi va katta ahamiyat kasb etadi. Ular huquqiy norma bilan aniq huquqiy munosabat o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘indir. Yuridik faktlar huquqiy normalar va huquqdorlik (huquq subyekti), sub- yektiv huquq va yuridik majburiyat bilan birgalikda huquqiy munosabatlarning zaruriy sharti hisoblanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya- sining 41-moddasiga muvofiq, har kim bilim olish huquqiga ega. Fuqaroning oliy o‘quv yurtiga kirib o‘qish huquqi amalga oshishi uchun u balog‘at yoshiga yetganligi hamda muomala layoqatiga egaligidan tashqari tegishli yuridik fakt mavjud bo‘lishi lozim. Bu yuridik fakt – uning kirish imtihonlarini muvaf- faqiyatli topshirishi, tanlovdan o‘tishi va buyruq bilan o‘quv muassasasiga qa- bul qilinishidir. Ana shundagina talaba bilan o‘quv yurti ma’muriyati o‘rtasida huquqiy munosabat kelib chiqadi. Yuridik faktlar huquq normalarida nazarda tutiladi, mustahkamlanadi. Masalan, nikohni FHDYo (ZAGS) idoralarida ro‘yxatdan o‘tkazish fakti – yuri- dik faktdir, chunki bu holat Fuqarolik kodeksi va Oila kodeksida mus- tahkamlangan. Ayni vaqtda, masjidda ham nikoh o‘qish faktlari (urf-odati) mavjud. Biroq, bu fakt qonunda nazarda tutilmagan. Shu bois, u yuridik fakt bo‘la olmaydi. Yuridik faktlar xilma-xildir, ular mohiyatan bir necha turlarga bo‘linadi. Yuridik faktlar ular keltirib chiqaradigan huquqiy oqibatlarga qarab: huquq- ni yaratuvchi, huquqni o‘zgartiruvchi va huquqni bekor qiluvchi faktlarga bo‘linadi. Ayni bir yuridik hodisa bir vaqtning o‘zida ham huquq yaratuvchi, ham huquqni o‘zgartiruvchi, ham huquqni bekor qiluvchi fakt bo‘lishi mumkin. Ma- salan, insonning o‘limi fakti meros huquqiy munosabatlarining kelib chiqishiga sabab bo‘la oladi, shu choqqacha mavjud bo‘lgan huquqiy muno- sabat ishtirokchilari tarkibi o‘zgarishiga olib keladi (ya’ni, o‘lgan shaxs bu munosabatdan chiqib ketadi), mavjud qator (oilaviy, mehnat, nafaqa) huquqiy munosabatlarning barham topishiga asos bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling