Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
295
XIV bob. Huquqiy munosabatlar munosabatlariga kirishuvchi shaxslarning aniq ism-shariflari ifoda etiladi. Yoki mahsulot yetkazib berish, yuk tashib berish munosabatlariga kirishgan tashki- lotlarning barcha unsurlari, to‘liq nomlanishi va boshqa muhim belgilari aniq ko‘rsatiladi. Ikkinchi holatda subyektlarni nomma-nom yoki unsurlar(rekvizitlar)ga qa- rab belgilash talab etilmaydi. Faqat ularning ijtimoiy roli, vazifasi ta’kidlanadi. Masalan, oldi-sotdi munosabatlarida bir tomon-sotuvchi, ikkinchi tomon – xaridor. Yoki ma’muriy huquq buzilishi munosabatlarida bir tomonda-militsiya xodimi, ikkinchi tomonda – fuqaro va hokazo. e) huquqiy munosabat – irodaviy munosabatdir. Ma’lumki, huquqiy normalarda davlat irodasi ifoda etiladi. Shu bilan birga huquqiy munosabat vujudga kelishi uchun uni ishtirokchilarining ham istagi, xohishi talab qilinadi. Shunday huquqiy munosabatlar borki, ularning vujudga kelishi uchun barcha ishtirokchilarning xohish-irodasi bayon etilishi lozim. Masalan, nikohga kira- yotgan har ikki tomon o‘z xohishini bildirishi lozim yoki oldi-sotdi munosabati sotuvchi bilan xaridorning xohish-irodasi tufayligina amalga oshishi mumkin. Ba’zi huquqiy munosabatlarda bir tomon irodani bayon etsa, yetarli hisobla- nadi. Bunday huquqiy munosabatlar, masalan, ma’muriy ishlar yoki huquqni muhofaza etuvchi idoralar amri bilan qo‘zg‘atiladigan jinoyat ishlari bo‘lishi mumkin. f) huquqiy munosabat – davlat tomonidan qo‘riqlanadigan muno- sabatdir. Yuridik normalarda davlat irodasi va jamiyat manfaatlari aks ettiril- ganligi bois davlat ularning talablari to‘la-to‘kis bajarilishini nazorat qilib boradi. Huquqiy qoidalar ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda davlatning majburlash kuchi ishga solinadi. Davlat huquqni qo‘riqlash orqali, ayni vaqtda, huquq bi- lan tartibga solinadigan munosabatlarni ham qo‘riqlaydi. Huquqiy munosabatlar davlat tomonidan maxsus tarzda qo‘riqlanishi bilan ijtimoiy munosabatlarning boshqa turlaridan farq qiladi. Davlat tomonidan qo‘riqlanadigan huquqiy muno- sabatlar tizimi jamiyatdagi huquqiy tartibotning asosini tashkil etadi. Shunday qilib, Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling