Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

291
XIII bob.
 Huquqiy ong
va huquqiy madaniyat
madaniyatning kommunikativ funksiyasi faqat «bugungi» huquqiy boshqaruv 
doirasida tashkil topish bilan cheklanmaydi. U huquqiy madaniyatning 
rivojlanishini rejalashtirish va bashorat qilish, huquqiy madaniyatni vujudga 
keltirish va uni rivojlantirish uchun zaruriy element sifatida namoyon bo‘ladi.
Huquqiy madaniyatning prognostik (bashorat qilish) funksiyasi huquq 
ijodkorligi va huquqni qo‘llash, qonunlar va huquq tartibotni mustahkamlash
fuqarolarning huquqqa mos xatti-harakati, faolligini, butun huquqiy tizim 
uchun xos bo‘lgan an’analarni o‘z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda ilmiy bashorat 
qilish va rejalashtirishning elementlari qonunchilik faoliyatida kuchayib bor-
moqda. Chunki qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilishni rejali 
ravishda amalga oshirish zarur.
Huquqiy madaniyat bashoratlash ehtimoli bo‘lgan o‘ziga xos qadriyat-
lardan iborat. Bunday hollarda hatto ma’lum darajadagi noaniqlik yetarli 
asoslangan bashorat qilish imkoniyatini cheklab qo‘yadi. Huquqiy madaniyatga 
bevosita aloqador bo‘lgan juda ko‘p qarama-qarshiliklarga duch kelish mumkin. 
Bularning barchasi, albatta, huquqiy madaniyatga ta’sir qiladi. Shu bois huquqiy 
madaniyatni shakllantirishda huquqiy taraqqiyotning istiqboldagi ijobiy, yuk-
sakroq ideal modelini ko‘zlagan hamda tasavvur etgan holda ish tutish lozim.


292
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Huquqning ijtimoiy munosabatlarga 
ta’sir etishi va ularni tartibga solishi masala-
si davlat va huquq nazariyasi uchun muhim 
metodologik ahamiyat kasb etadi. Jamiyat 
hayotida kishilar va ularning turli-tuman 
tashkilotlari o‘rtasida son-sanoqsiz moddiy, moliyaviy, siyosiy, madaniy va 
boshqa munosabatlar (aloqalar) mavjud bo‘ladi. Ma’rifiy jamiyatda ushbu mu-
nosabatlar axloqiy, diniy, korporativ va boshqa ko‘plab ijtimoiy normalar bilan 
batartiblashtiriladi, tashkillashtiriladi va yo‘naltiriladi. Ijtimoiy munosabatlar-
ning muayyan qismi huquq normalari bilan tartibga solinib, ularga barqa-
rorlik, izchillik, maqsad sari yo‘naltirilganlik xususiyatlari baxsh etiladi. 
Ijtimoiy munosabatlarning huquq normalari yordamida tartibga solinadigan 
qismi 
huquqiy munosabatlarni tashkil qiladi. Huquq normalari o‘z vazifa va 
funksiyalarini huquqiy munosabatlar orqali amalga oshiradi; huquq talablari 
ijtimoiy munosabatlar shakliga aylantiriladi va shu tariqa munosabatlar tartibga 
solinib, huquq hayotga tatbiq etiladi.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling