Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet288/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

289
XIII bob.
 Huquqiy ong
va huquqiy madaniyat
O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlatni shakllantirish jamiyat, man-
sabdor shaxslar va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishni talab kiladi. 
Shuning uchun huquqiy davlatning muhim belgisi – huquqiy madaniyatdir. 
O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tish uchun keng ko‘lamli demokratik islo-
hotlarni amalga oshirmoqda. Bu esa, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy 
madaniyatini rivojlantirishni nazarda tutadi. Jamiyatda kishilar qanchalik yuqo-
ri madaniyatli bo‘lsa, huquq normalarini bilsa, qonunlarni yuridik adabiyotlarni 
o‘qib, ularga amal qilsa, huquq buzilishi ham shunchalik kam bo‘ladi. Shuning 
uchun O‘zbekiston Respublikasida aholining huquqiy madaniyatini oshirishga 
katta e’tibor berilmoqda. Jumladan, 1997-yil 29-avgustda O‘zbekiston Respub-
likasi Oliy Majlisi tomonidan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish 
milliy dasturi» qabul kilindi. Unda mamlakat miqyosida aholining huquqiy 
madaniyatini rivojlantirish va huquqiy savodxonligini oshirish, huquqiy tarbi-
yani yaxshilash, ommabop yuridik adabiyotlarni ko‘paytirish, xalqning yuridik 
sohadagi bilimlarini oshirishga katta e’tibor qaratilib, jamiyat huquqiy ongi va 
madaniyatini rivojlantirish masalasi kun tartibiga qo‘yildi.
Prezident Sh. Mirziyoev yuqoridagi Dasturning tarixiy ahamiyatiga mu-
nosib baho berib, ayni vaqtda quyidagilarni ta’kidladi: «Yigirma yil avval bu 
borada qabul qilingan Milliy dasturni yangidan ishlab chiqishni davrning o‘zi 
taqozo etmoqda.
Parlamentimiz jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha 
yangi Milliy dasturni yaratishda bosh-qosh bo‘lishi maqsadga muvofiq, deb 
hisoblayman»
1
.
Jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatni yuksaltirish-
da muayyan maqsadlar ko‘zda tutiladi. Ushbu holatdan kelib chiqqan holda 
huquqiy madaniyat bir qancha funksiyalarni bajaradi. Huquqiy madaniyatning 
regulyativ (tartibga soluvchi), normativ, sotsiologik (ijtimoiy) huquqiy, kom-
munikativ (aloqalar o‘rnatish), prognostik (bashoratlash) 
funksiyalari shular 
jumlasidandir. 
Huquqiy madaniyatning regulyativ funksiyasi demokratik huquqiy dav-
latni shakllantirish va adolatli fuqarolik jamiyatini vujudga keltirishni ta’min-
lovchi nazariy va tashkiliy faoliyat bilan bog‘liq. Bu funksiya umumiy va shaxsiy 
manfaatlarni insoniyat ijtimoiy rivojlanishining markaziga qo‘yish, shaxsning 
har tomonlama kamol topishi uchun muhit yaratish, unga zarur mehnat va 
hayot sharoitini yaratish, siyosiy erkinligini ta’minlashga yordam beradi. Bu 
funksiya umuminsoniy ahamiyatga ega bo‘lgan huquqiy va ma’naviy kafolat-

Mirziyoyеv Sh. Qоnun ustuvоrligini vа insоn mаnfааtlаrini tа’minlаsh – yurt tаrаqqiyoti vа хаlq 
fаrоvоnligining gаrоvi. – T., 2017. – 10-bеt.
19–18-8



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling