Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Huquqiy madaniyat deganda, jamiyatning qonunchilik darajasi,
mavjud qonunlardan aholining xabardorlik darajasi, fuqarolarning, man- sabdor shaxslarning huquq normalariga rioya qilishi va ularni bajarmagan shaxslarga nisbatan murosasiz bo‘lishi tushuniladi. Huquqiy madaniyat shartli ravishda jamiyat va shaxs huquqiy madaniyatiga ajratiladi. Jamiyat- ning huquqiy madaniyati huquqiy ongning, qonuniylikning, qonunlarni ta- 1 Qаrаng: Fischer Hugo. Theori der Kultur. Das kulturelle Kraftsteld. Stuftgart, 1965; Боль А. Социология культуры. – М., 1973. 2 Kroeber A, Kluchonu C. Cullture // Anaeitical Review of Concepts and Debinifions. Cambride. – Mass., 1952. 3 Qаrаng: Сальников В.П. Социалистическая правовая культура. – Саратов, 1989. – 5–12-betlar. 287 XIII bob. Huquqiy ong va huquqiy madaniyat komillashtirish va huquqiy tajribaning muayyan darajasini aks ettiradigan hamda insoniyat huquq sohasida yaratgan butun boyliklarni qamrab oladi- gan ijtimoiy madaniyatning bir turi sifatida ko‘riladi. Jamiyatning huquqiy madaniyati shaxs erkinligi va xavfsizligi, inson huquqlarini ta’minlash, uning huquqiy himoya etilishi va ijtimoiy faolligini kafolatlash uchun zamin bo‘lib hisoblanadi. Shaxsning huquqiy madaniyati jamiyat huquqiy madaniyatining uzviy tarkibiy qismidir. Bu faoliyat huquq sohasida jamiyat taraqqiyotiga va uning madaniyatiga mos keladi, natijada shaxs va jamiyatning doimiy huquqiy boyishi sodir bo‘ladi. Shubhasiz, shaxsning yuksak huquqiy madaniyati jamiyat taraqqiyotini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘zining deyarli barcha chiqishlarida huquqiy madaniyatning ahamiyatiga, uni yuksaltirish masalalariga e’tibor qaratadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi- ning 24 yilligiga bag‘ishlangan (2016-yil 7-dekabr) ma’ruzasida shunday dedi: «Qonun ustuvorligini ta’minlashda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqaro- larni qonunga hurmat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi» 1 . Sh. Mirziyoev «Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak» nomli ma’ruzasida siyosiy partiyalar, ularning parlamentdagi fraksiyalar va deputatlarning faoli- yatini tanqidiy tahlil qilib, quyidagi fikrlarni bayon etdi: «Deputatlarning ish uslubini takomillashtirish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida siyosiy partiyalar orqali «Markaz – viloyat – tuman» tartibida ishlaydigan yangi tizimni joriy etish ayni muddao bo‘lar edi» 2 . «Jamiyatning demokratiya yo‘lidan jadal rivojlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan odamlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyat darajasiga bog‘liqdir. Yuksak huquqiy madaniyat – demokratik jamiyat poydevori va huquqiy tizimning yetuklik ko‘rsatkichidir. Shu munosabat bilan, bugungi siyosiy-huquqiy voqelikni hisobga olgan hol- da, mamlakatimizda huquqiy ta’lim va ma’rifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar targ‘ibotini tubdan yaxshilashga yo‘naltirilgan maqsadli keng ko‘lamli chora- tadbirlar dasturini ishlab chiqish zarur. Ushbu dasturning amalga oshirilishi aholining inson huquq va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabat- da bo‘lishini, fuqarolarda qonunga itoatkorlik tuyg‘usining yanada ortishini ta’minlaydi» 3 . 1 Mirziyoyеv Sh. Qоnun ustuvоrligi vа insоn mаnfааtlаrini tа’minlаsh – yurt tаrаqqiyoti vа хаlq fаrоvоnligining gаrоvi. – T., 2017. – 10-bеt. 2 Хаlq so‘zi, 2017-yil 13-iyul. 3 Kаrimоv I.А. Mаmlаkаtimizdа dеmоkrаtik islоhоtlаrni yanаdа chuqurlаshtirish vа fuqаrоlik jаmiyatini rivоjlаntirish kоnsеpsiyasi. – T.: 2010. – 27-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling