Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


huquqiy tarbiya usullaridan


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet285/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

huquqiy tarbiya usullaridan foydalaniladi. Chunon-
chi, ishontirish, axborotlashtirish, huquqiy targ‘ibot, rag‘batlantirish, majbur-
lash va jazolash shular jumlasidandir.
Huquqshunoslikda huquqiy ong, huquqiy 
tarbiya va huquqiy madaniyat kategoriyalari 
bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu 
tushunchalar bir-birini to‘ldiradi va o‘zaro uz-
viy aloqadordir. Huquqiy madaniyat – huquqiy ong va huquqiy tarbiyaning mah-
suli. «Huquqiy madaniyat» tushunchasiga tavsif berishdan oldin «madani-
yat» iborasining mazmun va mohiyatini tushunib olish maqsadga muvofiqdir
chunki huquqiy madaniyat 
«huquq» va «madaniyat» kabi tushunchalarning 
Huquqiy 
madaniyat va 
uning tuzilishi
4-§.


286
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
birlashmasi natijasida yuzaga kelgan va shakllangan. Madaniyatning umumiy 
ta’rifiga nazar tashlasak, bugungi kunda ijtimoiy fanlar doirasida «madaniyat» 
tushunchasi turli-tuman, qarama-qarshi talqin va fikrlarga boy bo‘lgan boshqa 
ijtimoiy hodisani topish qiyin.
Misol tariqasida shuni keltirish mumkinki, chet ellik olimlarning hisob-
kitoblariga qaraganda, 1919-yilga qadar «madaniyat» tushunchasiga yettita 
ta’rif berilgan, 1950-yilga kelib bu son 164 taga, 1970-yillarda esa – 250 taga 
yetgan
1
. Amerikalik olimlar A. Kreber va K. Klakxonlar esa, 1950-yillarning 
boshida «madaniyat» tushunchasining 257 ta ta’rifi mavjudligini ta’kidlaganlar
2
.
Ijtimoiy fanlar miqyosida madaniyatga oid yondashuvlarni antropologik
sotsiologik yondashuv va falsafiy yondashuv
3
kabi uch guruhga bo‘lish mum-
kin. 
Antropologik yondashuvda madaniyat tabiat yaratgan narsalardan farqli 
ravishda, inson tomonidan yaratilgan ne’matlarning yig‘indisi deb tushuniladi. 
Sotsiologik yondashuv esa, madaniyatni ma’naviy qadriyat deb talqin etadi. Bu 
yerda madaniyat ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida qatnashadi. 
Falsafiy 
yondashuvda madaniy hodisalar ijtimoiy rivojlanishga bog‘liq bo‘lmagan, sof 
tahliliy holda ajratilib ko‘rsatiladi.
Madaniyat ijtimoiy hayotning xilma-xil tomonlari va doiralarining 
namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. Uning afzalligi «madaniy» va «huquqiy 
madaniyat» ni hayotda qo‘llanish hollariga qarab taqqoslaganda yanada aniq 
ko‘rinadi. Huquqiy madaniyat jamiyat va shaxsning huquqiy holati timsolida 
qabul qilinishi mumkin bo‘lgan alohida ijtimoiy hodisadir. Huquqiy madaniyat 
nazariyasiga oid barcha muammolar atroflicha o‘rganilishi zarur. Shu bilan 
birga, har bir muayyan holatda madaniyatning turlicha ko‘rinishlarini tushunishda 
qat’iy belgilanadigan u yoki bu jihati ustun bo‘ladi. Chunonchi, huquqiy 
hayotda, ma’rifatparvarlikning shakllanishini ta’minlashda, inson omilini 
oshirish nuqtayi nazaridan yondashilganda, avvalambor, huquqiy madaniyat-
ning mazmuniga e’tibor qaratish zarurligi namoyon bo‘ladi.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling