Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

288
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Shunday qilib, shaxs va jamiyatning huquqiy madaniyati umuminsoniy 
qadriyatlar tushunchalari va insoniyat umumdemokratik yutuqlarining muhim 
natijasi hisoblanadi. Huquqiy madaniyat – huquqiy davlatning ajralmas qismidir. 
Huquqiy madaniyatning tarkibiy qismlari quyidagi elementlardan tashkil topadi: 
birinchidan, yuridik normalar tizimi bo‘lmish huquq; ikkinchidan, huquqiy muno-
sabatlar, ya’ni qonun bilan tartibga solingan ijtimoiy munosabatlar tizimi
uchin-
chidan, huquqni muhofaza qilish va ta’minlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 
davlat va jamiyat institutlari tizimi bo‘lmish yuridik muassasalar; 
to‘rtinchidan, 
huquqiy ong, ya’ni huquqiy voqelikni ma’naviy jihatdan aks ettiruvchi tizim; 
beshinchidan, huquqiy xatti-harakat (ham qonuniy, ham qonunga xilof).
Qonunchilikda, davlat-huquqiy qurilishda, huquqiy tartibga solish va 
huquqiy madaniyat institutlari hamda mexanizmlarida ko‘z o‘ngimizda yuz 
berayotgan chuqur o‘zgarishlar, huquqiy rivojlanishning olamshumul, strategik 
istiqbollari va maqsadlari to‘g‘risida o‘ylash, mamlakatmizda yuz berayot-
gan huquqiy islohotlarni jahondagi huquqiy rivojlanish jarayoni bilan «mu-
vofiqlashtirish», unda O‘zbekistonning o‘rni hamda ushbu o‘ringa mos islo-
hotchilik yo‘nalishlari va maqsadlarini aniqlash zarur. Bizning milliy huquqiy 
tizimimiz butunlay yangi asosda, jahon huquqiy jarayonining yutug‘i bo‘lgan 
demokratik prinsiplar negizida yangidan yaratilganligi shubhasiz. Konstitutsiyadan 
boshlab deyarli barcha qonunlarimiz tub o‘zgarishga uchradi. Qonunlarimizda 
huquq mustaqil demokratik davlatning huquqi bo‘lgan bugungi kun voqeligi hi-
sobga olindi. O‘zbekiston qonunlarida halqaro huquqning jahonda tan olingan 
prinsiplari va normalari o‘z ifodasini topdi va mustahkamlandi. Ular rivojlan-
gan mamlakatlar huquqiy tizimining ilg‘or yutuqlarini davom ettirdi, qadimiy 
mamlakatimizning tarixiy-huquqiy tajribasini qamrab oldi.
Huquqiy madaniyatning taraqqiyoti shaxs huquqlari va erkinliklari 
hajmining kengayishi, ularning himoyalanganlik darajasining kuchaytirilishi-
dir. Huquqiy taraqqiyot markazida shaxs, uning huquqlari, erkinliklari va qo-
nuniy manfaatlari hamda madaniyatida uning oliy qadriyatining, ya’ni «barcha 
narsalarning mezoni bo‘lgan inson»ning maqomini mustahkamlashga qara-
tilgan barcha huquqiy vositalar, mexanizmlar va institutlar turadi. Huquqiy 
davlatni shakllantirish vazifasini yuksak huquqiy madaniyatsiz amalga oshirib 
bo‘lmaydi. Xuddi shuningdek, huquq o‘ziga munosib oliy qadriyat o‘rnini olmas 
ekan, demokratik fuqarolik jamiyatini yaratib bo‘lmaydi. Hozirgi vaqtda xalqaro 
huquqning jahonda tan olingan prinsiplari va normalarining milliy huquqdan 
ustunligi e’tirof etilmoqda, bu huquqiy madaniyatimizga barcha ilg‘or taraqqiyot 
o‘zgarishlari uchun yo‘l ochmoqda, xalqaro huquqda o‘z ifodasini topgan 
umuminsoniy qadriyatlar va ideallarni huquqiy madaniyatimiz rivojlanishi 
uchun mezon va yo‘nalish sifatida belgilamoqda.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling