Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet300/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Huquqiy muomala layoqati – jismoniy va yuridik shaxsning o‘ziga 
tegishli huquqini o‘zi bevosita amalga oshirish qobiliyatini anglatadi. Muomala 
layoqati qonunda belgilangan shaxslar tomonidan o‘z harakatlari bilan sub-
yektiv huquq va yuridik majburiyatlarga ega bo‘lish qobiliyatidir. Muomala 
layoqatining mazmuni, ko‘lami va amalga oshirish shartlari huquq normalari 
bilan belgilanadi. 


300
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Demokratik jamiyatda huquq layoqati va muomala layoqati uni 
chindan ham amalga oshirish imkoniyatlari bilan ta’minlanadi. Umumiy 
qoidaga ko‘ra, barcha fuqarolar huquq layoqatiga ega hisoblanadilar. Bi-
roq, har bir fuqaro ham muomala layoqatiga ega bo‘lavermaydi. Xususan, 
O‘zbekistonda muomala layoqati balog‘at chog‘i, voyaga yetish kunidan 
boshlab yuzaga chiqadi. Ayrim huquq tarmoqlarida huquq layoqati va 
muomala layoqati bir vaqtda paydo bo‘ladi. Masalan, konstitutsiyaviy 
huquq sohasida asosiy huquq va majburiyatlarga ega bo‘lish o‘n sakkiz 
yoshdan boshlanadi.
Mehnat-huquqiy munosabatlarida huquq layoqati va muomala layoqati 
16 yoshdan, oila-nikoh munosabatlarida 18 yoshdan (O‘zbekiston Respub-
likasining Oila kodeksiga ko‘ra ayollar 17 yoshdan) qatnasha oladilar. Jinoiy-
huquqiy munosabatlarda jinoiy javobgarlikka tortilish 16 yoshdan, og‘ir jinoyat-
larda huquq layoqati va muomala layoqati 14 yoshdan, ba’zan hatto 13 yoshdan 
paydo bo‘ladi (masalan, javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatda qasddan odam 
o‘ldirish jinoyatida).
Fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlarda huquq 
layoqati va muomala layoqati har doim ham birga (bir vaqtda) vujudga kel-
maydi. Fuqaroning o‘z harakati bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lishi va 
ularni amalga oshirishi, o‘zi uchun fuqarolik majburiyatlarini vujudga keltirish 
va ularni bajarish layoqati (muomala layoqati) u voyaga yetgach, ya’ni o‘n 
sakkiz yoshga to‘lgach to‘la hajmda vujudga keladi. Aytish joizki, voyaga yet-
gunga qadar qonuniy asosda nikohdan o‘tgan fuqaro nikohdan o‘tgan vaqtdan 
e’tiboran to‘la muomala layoqatiga ega bo‘ladi (Fuqarolik kodeksining 22-mod-
dasi). Shuningdek, ushbu qonunda o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha va 
o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlarning muomala layoqati ko‘lami 
belgilangan (27 va 29-moddalar).
Huquqiy munosabat subyekti o‘z xatti-harakati, nojo‘ya xulq-atvori va 
huquqbuzarlik oqibati, yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni o‘tay olish qobili-
yatiga ham ega bo‘lishi lozim. Gap 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling