Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Huquqiy muomala layoqati – jismoniy va yuridik shaxsning o‘ziga
tegishli huquqini o‘zi bevosita amalga oshirish qobiliyatini anglatadi. Muomala layoqati qonunda belgilangan shaxslar tomonidan o‘z harakatlari bilan sub- yektiv huquq va yuridik majburiyatlarga ega bo‘lish qobiliyatidir. Muomala layoqatining mazmuni, ko‘lami va amalga oshirish shartlari huquq normalari bilan belgilanadi. 300 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Demokratik jamiyatda huquq layoqati va muomala layoqati uni chindan ham amalga oshirish imkoniyatlari bilan ta’minlanadi. Umumiy qoidaga ko‘ra, barcha fuqarolar huquq layoqatiga ega hisoblanadilar. Bi- roq, har bir fuqaro ham muomala layoqatiga ega bo‘lavermaydi. Xususan, O‘zbekistonda muomala layoqati balog‘at chog‘i, voyaga yetish kunidan boshlab yuzaga chiqadi. Ayrim huquq tarmoqlarida huquq layoqati va muomala layoqati bir vaqtda paydo bo‘ladi. Masalan, konstitutsiyaviy huquq sohasida asosiy huquq va majburiyatlarga ega bo‘lish o‘n sakkiz yoshdan boshlanadi. Mehnat-huquqiy munosabatlarida huquq layoqati va muomala layoqati 16 yoshdan, oila-nikoh munosabatlarida 18 yoshdan (O‘zbekiston Respub- likasining Oila kodeksiga ko‘ra ayollar 17 yoshdan) qatnasha oladilar. Jinoiy- huquqiy munosabatlarda jinoiy javobgarlikka tortilish 16 yoshdan, og‘ir jinoyat- larda huquq layoqati va muomala layoqati 14 yoshdan, ba’zan hatto 13 yoshdan paydo bo‘ladi (masalan, javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatda qasddan odam o‘ldirish jinoyatida). Fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlarda huquq layoqati va muomala layoqati har doim ham birga (bir vaqtda) vujudga kel- maydi. Fuqaroning o‘z harakati bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lishi va ularni amalga oshirishi, o‘zi uchun fuqarolik majburiyatlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati (muomala layoqati) u voyaga yetgach, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgach to‘la hajmda vujudga keladi. Aytish joizki, voyaga yet- gunga qadar qonuniy asosda nikohdan o‘tgan fuqaro nikohdan o‘tgan vaqtdan e’tiboran to‘la muomala layoqatiga ega bo‘ladi (Fuqarolik kodeksining 22-mod- dasi). Shuningdek, ushbu qonunda o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha va o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlarning muomala layoqati ko‘lami belgilangan (27 va 29-moddalar). Huquqiy munosabat subyekti o‘z xatti-harakati, nojo‘ya xulq-atvori va huquqbuzarlik oqibati, yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni o‘tay olish qobili- yatiga ham ega bo‘lishi lozim. Gap Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling