249
XII bob.
Huquq
normasi
lari o‘rtasidagi turli-tuman aloqalar hamda munosabatlarni tartibga solishga
xizmat qiladi. Bunday qoidalar qatoriga kishilar va ular guruhlarining o‘zaro
munosabatlari, yurish-turish va xulq-atvorini tartibga soluvchi barcha axloqiy,
diniy, siyosiy,
korporativ, huquqiy va boshqa normalar kiradi.
Huquqiy normalar qadimdan turli ijtimoiy-hayotiy qoidalar: urf-odatlar,
an’analar, rasm-rusumlar, marosim tartiblari, diniy qoidalar, axloq talablari
ta’sirida shakllanib kelgan. Shu bois huquqiy normalarning tarixan paydo
bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishiga boshqa ijtimoiy normalar ta’sir ko‘rsatganini
nazarda tutish lozim. Tarixiy
nuqtayi nazardan qaraganda,
dastlab ijtimoiy
normalar turli ijtimoiy guruhlar, qatlamlar tomonidan shakllantirilib, hayot-
ga tatbiq etib borilgan. Masalan, ibtidoiy
tuzumda bu faoliyat asosan, urug‘,
qabilalar tomonidan amalga oshirilgan. Ijtimoiy normalar, asosan, jamoaviy
turmush tarzini, oilaviy va mehnatga oid munosabatlarni
va boshqa aloqalarni
tartibga solishga qaratilgan. Huquqiy (yuridik) normalar ijtimoiy normalarning
alohida turi sifatida ijtimoiy normalarga xos barcha belgilarga ega bo‘ladi. Ayni
vaqtda, huquq normalari faqat o‘zigagina xos xususiyatlarga ham ega.
Huquq normasi
shunday xususiyat kasb etadiki,
u ijtimoiy munosabatlar-
ni tartibga solishda har qanday xulq-atvor va xatti-harakatlarda aniq me’yorni
belgilovchi mezon bo‘lib hisoblanadi. Agar jamiyat hayotining bir qator jihat-
lari axloq, urf-odat, madaniyat qoidalari, an’ana, udum, rasm-rusumlar bilan
bog‘liq bo‘lsa, huquqiy hayot sohasidagi munosabatlar
huquqiy normalar vosi-
tasida tartibga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: