Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

245
XI bob.
 Huquq
ijodkorligi
Keyingi yillarda qonun chiqarish tizimining o‘zigina emas, balki qonun 
va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda qabul qilish mexanizmi ham vu-
judga keldi. 
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi – qonun chiqaruvchi hokimi-
yatni amalga oshiruvchi oliy davlat vakillik organi sifatida qonunchilik siyo-
satini shakllantirish va hayotga joriy etishda salmoqli rol o‘ynaydi. Qonun 
ijodkorligi jarayoni qabul qilinadigan qonunlarda davlat siyosatini, xususan 
huquqiy siyosatni ifodalash, rasmiylashtirishning alohida tartibi (protsedurasi) 
hisoblanadi. Qonun chiqarish jarayonida huquqiy siyosatni shakllantirishda 
jamiyatning umumiy manfaatlarini, turli ijtimoiy qatlamlarning manfaatlarini 
aniqlash va murosaga keltirish amalga oshiriladi. Parlament qonun ijodkorligi 
jarayonini samarali tashkil etish, izchil qonunchilik tizimini shakllantirish, si-
fatli qonunlar qabul qilinishini ta’minlash, qonunlar ijrosi ustidan parlament 
nazoratini amalga oshirish bilan bog‘liq katta hajmdagi ishlarni bajaradi. Parla-
ment mamlakat taraqqiyotining tegishli bosqichlarida muhim qonunlarni ish-
lab chiqish va qabul qilish bo‘yicha qonun ijodkorlik ishlari rejalarini qabul 
qiladi, mazkur faoliyatning konseptual va tashkiliy jihatlarini muhokama etib, 
o‘z strategik vazifalarini belgilaydi. 
Oliy Majlis qonunchilik siyosatini shakllantirish va amalga oshirish jarayo-
niga Konstitutsiyaning 83-moddasida nazarda tutilgan qonunchilik tashabbusi 
huquqi subyektlarini, siyosiy partiyalarni (ularning parlamentdagi fraksiyala-
rini), fuqarolik jamiyatining barcha institutlarini, ayniqsa, ommaviy axborot 
vositalarini keng jalb etadi. Mazkur siyosatning asosiy prinsiplari va ustuvor 
yo‘nalishlari mazmunida mamlakatda o‘tkazilgan referendumlar, qonun loyi-
halarining umumxalq muhokamalari yakunlari, xalq ijtimoiy fikrini va fuqa-
rolarning huquq tashabbuskorligini aks ettirish ta’minlanmoqda. Qonun ijod-
korlik jarayonida xalq ommasining, fuqarolarning keng ishtirokini ta’minlash 
parlament sobitlik bilan rioya etadigan demokratik konstitutsiyaviy prinsipdir.
Hukumat darajasida qabul qilinadigan qarorlar qonun va farmonlar ijro-
sini ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, ular ham davlat tomonidan yuritilayot-
gan qonunchilik sohasidagi huquqiy siyosatning amaliy jihatlarini aks ettiradi. 
Qonunchilik siyosatining ayrim yuridik va tashkiliy masalalarini ishlab 
chiqishda, hayotga tatbiq etish va qonunchilik hujjatlarini loyihalashtirish, 
amaldagi qonunchilikni yangi qabul qilingan qonunlarga muvofiqlashtirishda 
Adliya vazirligi, qonunlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etishda prokuratura
qonunlar ijrosini tahlil etish bo‘yicha Prezident huzuridagi amaldagi qonun huj-
jatlari monitoringi instituti va boshqalar muhim rol o‘ynaydi.
Davlatning qonun ijodkorligi sohasidagi huquqiy siyosatini shakllanti-
rishda sud hokimiyati subyektlari ham faol qatnashadilar. Konstitutsiyaviy sud, 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling