Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
242
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi siyosat qonun ijodkorligiga tatbiqan differensiatsiyalashadi, degan tezisni quv- vatlaydi. Mazkur tezisni davlatning «qonunchilik siyosati» yoki «qonun ijodkor- ligi borasidagi huquqiy siyosati» kategoriyalari yordamida talqin etish mumkin. Suveren davlat hokimiyati o‘zining mustaqil qonunchilik strategiyasiga, qo- nun ijodkorligiga doir huquqiy siyosatiga, ya’ni o‘z qonunchilik siyosatiga ega bo‘ladi. Qonun ijodkorligi borsidagi huquqiy siyosatni shakllantirish va rasmiy- lashtirishda qonunchilik strategiyasi instituti muhim metodologik ahamiyat kasb etadi. Xo‘sh, qonunchilik strategiyasi qanday ma’noni anglatadi? Fikrimizcha, qonunchilik strategiyasi – bu mamlakat butun huquqiy tizimining, alohida tarkibiy qismlari, huquq hamda qonunchilik sohalari va institutlarining hozirgi va kelgusi taraqqiyoti yo‘nalishlarining belgilanishidir. Qonunchilik strategiya- si qonunlarni tayyorlashning, uni rejalashtirish va amalga oshirishning nazariy va amaliy masalalarini o‘z ichiga oladi. U davlat siyosati bilan chambarchas bog‘liq. Shuningdek, qonunchilik strategiyasi siyosatni huquqiy munosabatlar mazmuniga singdirish, qonunlarni muntazam ravishda takomillashtirib borish vositasidir. Davlat irodasining qonun ijodkorligi jarayoniga ta’siri qonunchilik siyo- sati orqali amalga oshadi. Shu bois, davlatning qonunchilik siyosatini ilmiy va amaliy jihatdan tahlil etib, unga yuridik fan nuqtayi nazaridan tavsif berish alohida dolzarblik kasb etadi. Qonunchilik siyosati – davlat huquqiy siyosatining bir bo‘lagi bo‘lib, unda ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning asosiy yo‘nalishlari, prinsiplari, maqsad va vazifalari o‘z ifodasini topadi 1 . Qonunlarni shakllantirish, qabul qilish va hayotga joriy etish maqsad- lariga yo‘naltirilgan maxsus siyosiy-yuridik ta’sir etish vositalari va choralari yig‘indisi qonunchilik siyosati voqeligini tashkil etadi. Boshqacha aytganda, qonun ijodkorligi davlatning huquqiy (qonunchilik) siyosatini shakllantirish, ifodalash, rasmiylashtirish hamda amalga oshirishning muhim vositasi hisobla- nadi. Qonunchilik siyosati ijtimoiy boshqaruv san’atining maxsus turidir. Qonun- chilik siyosati qonun ijodkorligining bosh mazmunini, asosiy yo‘nalishlarini, tendensiyalarini, uni takomillashtirish strategiyasi hamda taktikasini va modernizatsiyalash mantig‘ini belgilaydi. Qonunchilik siyosatining eng muhim sifati – qonunchilikni takomil- lashtirish maqsadiga yo‘naltirilganlik, huquq ijodkorligi va huquqni ijro etishni tashkil qilishning ratsional tizimini ishlab chiqishdir. O‘zbekiston mustaqil dav- lat sifatida hech kimga tobe bo‘lmagan qonunchilik siyosatini yuritadi. Yuksak nufuzli insonparvar, adolatli hamda demokratik qonunlar yaratish, qonunni inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash vositasiga aylantirish, jamiyat 1 Оdilqoriyev H.T. O‘zbekiston Respublikasida qonun chiqarish jarayoni. – T., 1995. – 33-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling