Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

239
XI bob.
 Huquq
ijodkorligi
latlarda federal qonunlar butun ittifoq hududida, federatsiya subyektlarining 
qonunlari esa, ularning o‘z hududlaridagina amal qiladi.
Ko‘pchilik davlatlarning qonunchiligida kollizion normalar mavjud. Bular 
nizoli vaziyat vujudga kelganda qo‘llaniladi. Masalan, teng kuchli huquqiy huj-
jatlar to‘qnashib qolganda, shuningdek turli davrda chiqarilgan hujjatlar yoki 
har xil hajmdagi hujjatlar yoxud turli organlar tomonidan o‘rnatilgan hujjatlar 
o‘zaro zid kelib qolganda kollizion normalar ishga solinadi. Davlatning turli 
ma’muriy-hududiy birliklari uchun chiqarilgan hujjatlar o‘rtasida ham o‘zaro 
qarama-qarshilik kelib chiqishi mumkin. Aksariyat hollarda bunday nizolar sud 
orqali hal etiladi.
Normativ hujjatlarning shaxslarga nisbatan amal qilishi. Huquqiy 
qoidalarning vazifasi ular tatbiq etilishi lozim bo‘lgan munosabatlarni, 
tashkilotlarni va kishilar doirasini aniqlab berishdan iborat. O‘zbekiston 
Respublikasining qonunlari va boshqa huquqiy hujjatlari mamlakatning bar-
cha fuqarolariga, davlat organlariga, siyosiy partiyalar, jamoat birlashma-
lari va diniy tashkilotlarga nisbatan amal qiladi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi, 
qonunlari va boshqa normativ hujjatlari mamlakatda yashovchi, vaqtincha 
kelib-ketuvchi ajnabiy fuqarolarga ham tatbiq etiladi. Tartibga solinishi lozim 
bo‘lgan munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan tuziladigan shartnomalarning 
mazmuniga qarab, yuqorida ko‘rsatilgan umumiy qoidalardan ayrim istisnolar 
mavjud. Masalan, O‘zbekiston Respublikasida yashaydigan chet el fuqarosi 
sudga majburiy tartibda ko‘rsatma berish uchun keltirilgan bo‘lib, u diploma-
tik immunitet (daxlsizlik) huquqidan foydalanadigan bo‘lsa, bunday shaxs-
ning xatti-harakatlari diplomatik vositalar bilan hal qilinadi. O‘zbekistonning 
ayrim qonunchilik normalari xorijiy davlat fuqarolariga qo‘llanilmaydi. Masa-
lan, ularning mamlakatimizda saylov huquqiga ega emaslar; Qurolli kuchlar 
safida xizmat qilishi va huquqni muhofaza etuvchi davlat organlarida ishlashi 
mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari mamlakatimizning chet davlat-
larda turgan (doimiy ishlovchi, sayyoh, xizmat safarida bo‘lgan) fuqarolariga 
nisbatan ham qo‘llaniladi. Masalan, chet elda jinoyat sodir etgan O‘zbekiston 
fuqarosi xorijiy qonunchilikka ko‘ra javobgar bo‘lishidan tashqari, O‘zbekiston 
Jinoyat kodeksi bilan ham javobgarlikka tortiladi.
Ayni vaqtda ta’kidlash lozimki, diplomatik immunitet (daxlsizlik) 
huquqiga ega bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy 
hujjatlari ta’siriga tushmaydilar. Bular elchilar, diplomatik vakolatxonalar-
ning rahbarlari va xodimlari, ularning oila a’zolari, xalqaro delegatsiyalar- 
ning ishtirokchilaridir. Ularning holati xalqaro huquq normalari bilan tartib-
ga solinadi.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling