Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

237
XI bob.
 Huquq
ijodkorligi
boshlab kuchga kiradi. Albatta, bu umumiy qoidadir. Biroq, qonun chiqaruvchi 
organ vaziyatga qarab boshqa muddatlarni belgilashi ham mumkin.
Agar muayyan qonunni kuchga kiritish tartibi to‘g‘risidagi qarorda 
boshqacha muddatlar belgilangan bo‘lsa, qonun nashr etilgach, yuqoridagi 
muddatda emas, balki parlament qarorida ko‘rsatilgan muddatda kuchga kiradi. 
Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgar-
lik to‘g‘risidagi kodeksi 1994-yil 24-sentabrda qabul qilinib, 1995-yil 1-apreldan 
boshlab kuchga kiritilgan; O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 2007-yil 
25-dekabrda qabul qilinib, 2008-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiritilgan; 
Respublikaning Bojxona kodeksi 1997-yil 26-dekabrda qabul qilinib, 1998-yil 
1-martdan kuchga kiritilgan.
Odatda, kodekslar va boshqa katta hajmdagi qonunlar qabul qilingani-
dan boshlab kuchga kirgunicha bir necha oy vaqt o‘tadi. Bunday muddat 
belgilanishiga sabab tegishli ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitni vujudga kelti-
rish, tashkiliy-tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish uchun vaqt va imkoniyat-
ning zarur bo‘lishidir. Bu davr ichida qonunni hayotga joriy etish mexanizmi 
tarkibiga kiruvchi qonun osti hujjatlar (farmon, hukumat qarori, nizom va 
yo‘riqnomalar) ishlab chiqilib qabul qilinadi. Zarur bo‘lsa, tashkiliy-institutsional 
tuzilmalar tizimi vujudga keltiriladi va hokazo.
Ba’zi normativ-huquqiy hujjatlar matbuotda e’lon qilingan kundan 
boshlab kuchga kiradi. Bu haqda tegishli ko‘rsatma qonunni kuchga 
kiritish tartibi to‘g‘risidagi qarorda nazarda tutilgan bo‘ladi. Amaliyotda 
qonunchilik hujjatlarini bosqichma-bosqich qabul qilib, shu zayilda kuchga kiritish 
hollari ham uchrab turadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
kodeksining birinchi qismi 1995-yil 25-dekabrda qabul qilindi, Fuqarolik 
kodeksining ikkinchi qismi esa, 1996-yil 29-avgustda qabul qilinib, har 
ikkala qism 1997-yil 1-martdan boshlab kuchga kirdi. Prezident farmonlari-
da ularni kuchga kiritishning turli shakllari qo‘llaniladi. Masalan, farmonlar 
matnida shunday qoidalar uchraydi: «Farmon imzolangan vaqtdan kuchga 
kiritilsin», «Farmon matbuotda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiritil-
sin», «Farmon qabul qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiritilsin». Kuchga 
kiritishning bunday shakllari boshqa turdagi normativ-huquqiy hujjatlarga 
ham xosdir.
Referendumda qabul qilingan qonunni e’lon qilish va kuchga kiritish tar-
tibi «Referendum to‘grisida»gi qonunda belgilangan:
«Referendum natijalarini referendum o‘tkazuvchi Markaziy Komissiya 
ovoz berish tugaganidan keyin o‘n kundan kechiktirmay ommaviy axborot 
vositalari orqali O‘zbekiston Respublikasining aholisiga ma’lum qiladi. Referen-
dum o‘tkazuvchi Markaziy Komissiyaning qarorlari ustidan bu qarorlar qabul 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling