Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hujjatning amal qilish mavzusi.
- Normativ hujjatlarning vaqt bo‘yicha amal qilishi
Normativ-huquqiy
hujjatlarning vaqt, hudud va shaxslarga nisbatan amal qilishi 4-§. 236 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi – mazkur hujjat qanday ijtimoiy munosabatlarga tatbiq etiladi (harakat- lanish mavzusi); – normativ hujjat qachondan boshlab va qaysi vaqtgacha amal qiladi (vaqt bo‘yicha amal qilishi); – u qaysi hududga o‘z ta’sirini o‘tkazadi (hududda, makonda amal qilishi); – normativ hujjat kimlarga taalluqli (shaxslarga nisbatan amal qilishi). Hujjatning amal qilish mavzusi. Normativ-huquqiy hujjatlar turli mazmundagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Masalan, ma’muriy qo- nunchilik sohasidagi normativ hujjatlar davlat boshqaruvi bilan bog‘liq muno- sabatlarni tartibga soladi; fuqaroviy qonunchilik hujjatlari mulkiy va mulkiy bo‘lmagan shaxsiy munosabatlarni huquqiy tartibga soladi. Bu sohalarga oid hujjatlarning hech biri o‘zgasining mavzusiga, ko‘lamiga oid munosabatlarni tartibga sola olmaydi. Huquqiy tartibga solish mavzusini irodaviy-ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi. Bu hol huquqiy hujjatlarning inson irodasi ishtirok etmaydigan hodisa yoki boshqa vaziyatlarga ta’sir etishini istisno qiladi. Bunday holatlar faqat yuridik faktlar sifatida maydonga chiqishi mumkin. Ya’ni, qonun bu faktlar tufayli kelib chiqadigan yuridik oqibatlarni belgilay oladi, ammo ularning maz- muniga, ichki harakatiga ta’sir eta olmaydi. Shunday qilib, normativ-huquqiy hujjatlar muayyan turdagi va mazmundagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Normativ hujjatlarning vaqt bo‘yicha amal qilishi qonun yoki boshqa huquqiy hujjatning yuridik kuchga kirish va uni yo‘qotish vaqtini anglatadi. Har bir davlatda qonun va boshqa normativ hujjatlarning mat- buotda e’lon qilinishi va kuchga kirishi tartibi to‘g‘risidagi normalar amal qiladi. O‘zbekistonda qonunlarni matbuotda e’lon qilish va yuridik kuchga kiritish tartibi maxsus qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati respublika organlarining huquqiy hujjatlari qabul qilinganidan (imzolanganidan) so‘ng o‘n kundan kechiktirmasdan o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida nashr etiladi, ayni vaqtda radio va televideniye orqali e’lon qilinishi ham mumkin. Qonunlar O‘zbekiston Prezidentining imzosi bilan e’lon qilinadi. Qonunlar, Oliy Majlis palatalarining boshqa qarorlari «Axborotnoma» da nashr etilgandan so‘ng 10 kun o‘tgach, butun respublika hududida kuchga kiradi. Xuddi mana shu hujjatlar rasmiy matbuot organlari («Xalq so‘zi», «Narodnoye slovo», «Еrkin Qaraqalpaqstan» va «Vesti Karakalpakstana» gazetalari) da bosilib chiqqanidan keyin 10 kun o‘tgach yuridik kuchga kiradi. Normativ mazmunga ega bo‘lmagan hujjatlar ular qabul qilinib, matbuotda e’lon qilingan kundan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling