Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Normativ-huquqiy hujjatlarning hudud va makon bo‘yicha amal qilishi.
238
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi qilingan kundan boshlab bir hafta ichida O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin». Normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirish va amalda bo‘lish vaqtini aniq belgilash muhim ahamiyatga ega. Chunki ular belgilangan vaqtdan bosh- lab so‘zsiz bajarilishi lozim. Bu qonun ustuvorligi prinsipini hayotga joriy etish bilan bog‘liq. Qonun orqaga qaytish kuchiga ega emas, degan talab qonun chiqarilgunga qadar vujudga kelgan hamda mavjud bo‘lgan harakat va muno- sabatlarga tatbiq etilmaydi, degan ma’noni anglatadi. Biroq, bu umumiy yuri- dik aksiomadan ikki holatda istisno bor: birinchisi, agar qonun yoki normativ hujjatning o‘zida, ularning orqaga qaytish kuchi ko‘rsatilgan bo‘lsa; ikkinchisi, agar qonunda sodir etilgan xatti-harakat uchun jazo qo‘llash to‘xtatilgan bo‘lsa yoki jazoni yengillashtirish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, qonun orqaga qaytish kuchiga ega. Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar quyidagi uch asosga ko‘ra amal qilishini to‘xtatadi: a) normativ hujjatning amal qilishi belgilab qo‘yilgan muddat tugagan bo‘lsa; b) davlat vakolatli organining normativ hujjatni bekor qilish to‘g‘risida qarori bo‘lsa yoki eskisining o‘rniga kelayotgan yangi qabul qilingan normativ hujjatda bu haqda ko‘rsatilgan bo‘lsa; v) ilgari amalda bo‘lgan normativ hujjatni almashtiruvchi yangi normativ hujjat qabul qilinsa. Odatda, eskirgan normativ hujjatni bekor qilish yoki kuchini yo‘qotgan deb topish haqida maxsus qaror qabul qilinadi. Normativ-huquqiy hujjatlarning hudud va makon bo‘yicha amal qilishi. Davlat suvereniteti tamoyiliga binoan normativ-huquqiy hujjatlar dav- latning butun hududida amalda bo‘ladi. Davlat hududiga quyidagilar ki- radi – yer maydoni, yer osti, ichki va hududiy suvlar, yer va suv hududi usti- dagi havo makoni, elchixonalarning, harbiy kemalar, parvoz etuvchi kemalar (apparatlar) hamda ochiq dengizda suzuvchi kemalarning hududlari. Normativ hujjatlar amal qilishining hududiy ko‘lami davlat yurisdiksiyasi bilan chambar- chas bog‘liq. Ba’zan xorijiy mamlakat qonunchiligi muayyan davlat hududida amal qilishi mumkin. Biroq, buning uchun bu ikki davlat o‘rtasida ular qonun- chilik hujjatlarining o‘zaro bir-birining hududida amal qilishi haqida shartnoma bo‘lishi shart. Xalqaro shartnomalar normativ hujjatlarning eksterritorial harakatini ham nazarda tutishi mumkin. Ya’ni, bir davlatning qonunlari o‘z hududidan tashqarida ham amal qiladi (bir davlat qonunlarining boshqa davlat hududida bo‘lgan o‘z fuqarolari va tashkilotlariga nisbatan qo‘llanilishi). Federativ dav- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling