Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

247
XI bob.
 Huquq
ijodkorligi
qonun ijodkorligi sohasidagi davlat siyosatini davr ruhi va ehtiyojlariga mos 
holda takomillashtirishni ta’minlovchi, mustahkam metodologiyaga tayangan 
ilmiy konsepsiyani shakllantirish maqsadga muvofiq. Bu o‘rinda, qonunchilik 
siyosati qonunlar yaratish sohasidagi davlat faoliyatining ilmiy asoslangan 
strategiyasi va taktikasi sifatida maydonga chiqadi. Qonun ijodkorligi borasida-
gi huquqiy siyosatni rivojlantirish konsepsiyasida, avvalo, qonun chiqaruvchi 
hokimiyat faoliyatining va qonunchilik siyosatining bosh maqsadi, asosiy vazi-
falari, ustuvor yo‘nalishlari, rivojlanish tendensiyalari, qo‘llaniladigan rahbariy 
prinsiplari, strukturasi va shakllari, ijtimoiy munosabatlarni qonun vositasida 
tartibga solishning yuridik vositalari va usullari o‘z aksini topishi zarur. Qo-
nun ijodkorligiga oid siyosatning istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyasini ishlab 
chiqishda qonun va qonunchilik hujjatlari tizimi rivojlanishini prognoz qilish 
masalalariga ham jiddiy e’tibor qaratish lozim. 
Shunday qilib, qonunchilik siyosati davlat huquqiy siyosatining muhim 
tarkibiy qismi bo‘lib, mamlakatning izchil huquqiy taraqqiyotini ta’minlash, 
huquqiy tizimni yaxlit voqelik tarzida sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish, 
qonun ijodkorligi faoliyatini modernizatsiya qilish, uning ilmiy asoslarini mus-
tahkamlash, eng muhimi, ijtimoiy munosabatlarni samarali huquqiy tartibga 
solishning qonuniy mexanizmilarini yaratish imkonini beradi.


248
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
XII bob. HUQUQ NORMASI*
1
Huquq normasi instituti yuridik fan-
ning, jumladan davlat va huquq nazariya-
sining fundamental ilmiy kategoriyalaridan 
biri hisoblanadi. Huquq normasi masalalarini 
ilmiy tadqiq etishning muhimligi shundaki, u huquqiy tizimning barcha 
elementlari bilan chambarchas bog‘liq: 
bir tomondan, huquq normasi huquq 
ijodkorligi, shu jumladan qonunchilik jarayonining mahsuli (hosilasi) bo‘lsa, 
ikkinchi tomondan, u huquqni qo‘llash jarayoni orqali amalga oshirilib, ijti-
moiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish vositasiga aylanadi, 
uchinchidan, 
huquq normasi huquqiy munosabatlarning andozasi, modeli sifatida maydonga 
chiqadi.
Jamiyatda amal qiluvchi huquq obyektiv voqelik bo‘lib, u huquqiy norma-
lar yig‘indisidan iborat. Huquq normasi milliy huquq tizimining boshlang‘ich 
elementi, uning mazmunini tashkil qiluvchi substansiya (asos) dir. Davlat-
huquqiy ta’limot va amaliyot huquqiy norma va uning ta’rifi borasida ko‘plab 
ilmiy talqinlar yaratgan. Huquqiy tizimning hech bir qismi, biron-bir sohasi 
huquq normasi bilan bog‘lanmagan holda izohlanishi mumkin emas. Shu bois
huquqiy normalar huquqiy tizim tabiatiga xos barcha xususiyatlarni o‘zida ifoda 
etadi. Yuridik normalarni tadqiq etishga akademik Sh.Z. O‘razayev, professor-
lar M.H. Xakimov, V.K. Babayev, M.I. Baytin, Z.M. Islomov, P.Е. Nedbaylo, 
A.S. Pigolkin, A.F. Shebanov va boshqalar barakali hissa qo‘shganlar.
Adabiyotlarda huquq normasi, odatda, talab etilayotgan xatti-harakat qoi-
dasi yoki shunday xulq-atvor, faoliyatning o‘lchovi sifatida ta’rif qilinadi. Huquq 
ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etuvchi vosita sifatida doimo, muayyan xulq-
atvor, xatti-harakat qoidasi sifatida namoyon bo‘ladi. U analogik (bir-biriga 
o‘xshash) vaziyatlarda huquq subyektlari tomonidan takror-takror qo‘llanishga 
mo‘ljallangan.
Huquq normasini ta’riflashda, avvalo, uning ijtimoiy normalarning bir 
turi ekanligidan kelib chiqish lozim. Ijtimoiy normalar kishilik jamiyati tur-
mush tarzi uchun xos bo‘lib, mazkur normalar odamlar va ularning uyushma-

Ushbu bob Yunusjon Оdilqoriyev bilan hammualliflikda yozilgan.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling