Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
243
XI bob. Huquq ijodkorligi uchun umumiy manfaatli barcha munosabatlarni qonun yordamida muhofaza etish kabilar ushbu siyosatning asosini hosil qiladi. Alohida e’tirof etish joizki, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiya- si davlatimiz huquqiy siyosatining, shuningdek qonunchilik siyosatining ne- gizini tashkil etadi. U qonunchilik siyosatining asoslari, prinsiplari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradi. Darhaqiqat, Konstitutsiyada jamiyat rivojla- nishining bosh strategiyasi, ustuvor yo‘nalishlari, davlat umumiy va huquqiy siyosatining mazmun-mohiyati o‘zining qonuniy ifodasini topadi. Aslida Kons- titutsiya jamiyat siyosiy yetukligining, ma’rifiy-huquqiy saviyasining, turli ijti- moiy-siyosiy kuchlar muvozanati(murosaga kelishuvi)ning natijasi, mahsulidir. Konstitutsiya nafaqat sof ma’nodagi yuridik hujjat, balki davlat siyosatini oliy darajadagi qonun tarzida rasmiylashtiruvchi hujjatdir. Asosiy qonunimizda qonun ijodkorligi jarayoni va uning bosqichlari, qonunlarni yaratishning konstitutsiyaviy mexanizmi aniq hamda qat’iy mustahkamlangan (76, 78, 83, 84, 87, 93-moddaning 17-bandi va boshq.). Mazkur moddalarda belgilangan qoida, prinsip va normalar mamlakatimizda amalga oshiriladigan qonun ijod- korlik faoliyatining, shuningdek, qonunchilik siyosatining konstitutsiyaviy asoslarini tashkil etadi. Davlatning Konstitutsiyada ifodlangan siyosatini, siyosiy mafkurasi va doktrinasini konstitutsiyaviy-huquqiy siyosat sifatida e’tirof etish mumkin. Tahlil etilayotgan mavzuga tatbiqan konstitutsiyaviy-huquqiy siyosat – davlat hokimiyatining Konstitutsiya asosida huquq yaratish, qonunlarni ijod qilish va uni amalga oshirish sohasida davlat organlari, mansabdor shaxslar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakolatlarini mustahkamlash, inson huquqlari ustu- vorligi tamoyili asosida qonun ijodkorligi strategiyasini belgilash, shuningdek, huquqiy vositalar bilan konstitutsiyaviy tuzumni muhofaza etishga oid asosiy konseptual qoida va mezonlarni ishlab chiqish hamda jamiyat hayotiga tatbiq etishga yo‘naltirilgan faoliyatidir 1 . Mamlakatning qonunchilik strategiyasi Konstitutsiyada mujassam ifodala- nadi. Ayni vaqtda, qonunchilik strategiyasi qonunchilik siyosatining mazmun- mohiyatini ijtimoiy munosabatlar tizimiga singdirishning muhim yo‘nalishlari sifatida maydonga chiqadi. Davlatimizning qonun ijodkorligi sohasidagi zamonaviy huquqiy siyosa- ti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2010-yil 12-noyabrda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida bayon etgan «Mam- lakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jami- yatini rivojlantirish konsepsiyasi»da o‘zining aniq ifodasini topgan. Unda jami- 1 Qarang: Оdilqoriyev Х.T. Konstitutsiyaviy siyosat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish // Huquq- Pravo-Law/ – 2002, № 4. – 4-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling