Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

253
XII bob.
 Huquq 
normasi
Demak, huquq subyekti huquq normasida belgilangan xatti-harakat 
me’yoriga rioya qilgan taqdirda, holatida huquq normasi xatti-harakat o‘lchovi, 
faoliyat mezoni sifatida namoyon bo‘ladi. Huquq normasida belgilangan qoida 
buzilganida esa, u huquq subyektining harakatiga 
baho berish vositasi sifatida 
maydonga chiqadi.
Huquq ijtimoiy munosabatlarni qat’iy tartibga solish salohiyati tufayli 
katta tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, shu bois huquq normasi huquq buzilishi 
holatlarining oldini olishga xizmat qiladi. Chunki, huquq subyekti tomonidan 
qonunda belgilangan huquqiy xatti-harakat qoidasini buzish, muqarrar ravishda 
unga nisbatan ta’sir chorasining qo‘llanishiga olib keladi.
Huquq normasi yalpi umumiy xususiyatga ega. U ijtimoiy munosabat qat-
nashchilarining barchasiga, ularning xohish-istagiga bog‘liq bo‘lmagan holda, 
tegishli bo‘ladi. Ya’ni, ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir toifasiga, turiga 
tegishlidir (masalan, bitimlar tuzish, pensiyaga chiqish tartibi, nikohdan o‘tish 
va hokazo). 
Huquqiy normaning umumiy xarakterga ega ekanligi, avvalam-
bor, shunda ko‘rinadiki, huquqiy normada ko‘zda tutilgan analogik holatlar 
yuzaga kelaverar ekan, bu norma ham qo‘llanilaveradi va aslo o‘z yuridik 
kuchini yo‘qotmaydi. Boshqacha aytganda, go‘yo normadagi holatlar o‘zining 
yuzaga kelishini «kutib yotadi» va vaziyat vujudga kelganda ishga tushadi. 
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 179-moddasida mus-
tahkamlangan «soxta tadbirkorlik, ya’ni ustavida ko‘rsatilgan faoliyatni amalga 
oshirish maqsadini ko‘zlamasdan ssudalar, kreditlar olish, foydani (daromadni) 
soliqlardan yashirish (soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy manfaat 
ko‘rish maqsadida korxonalar va boshqa tadbirkorlik tuzilmalari tuzish»dan ibo-
rat xatti-harakatning sodir etilishi – ushbu moddaning «harakat» ga kelishiga, 
qo‘llanishiga olib keladi.
Huquqiy normaning yana bir muhim jihati, uning davlat erki-iro-
dasini, hokimona amrining ifoda etishida ko‘rinadi. Shu bois, huquq nor-
masi – muayyan munosabatlar ifodasi yoki muayyan harakat sodir etishni 
maslahat beruvchi tavsiyanoma bo‘lmay, balki, shu normada ko‘rsatilgan 
holatlar yuzaga kelganda qanday harakat qilish lozimligini belgilovchi ho-
kimiyat amridir. Har qanday huquq normasi vakolatli davlat organi tomoni-
dan o‘rnatiladi yoki ma’qullanadi, shu bois u davlat amri-irodasini ifodalaydi, 
umummajburiy qoida tariqasida amal qiladi. Mabodo, huquq normasida bel-
gilangan xatti-harakat qoidasi bajarilmasa, uning bajarilishini ta’minlovchi 
davlatning majburlov choralari harakatga keladi. Masalan, huquq subyekti 
tomonidan qonunga xilof harakatlar sodir etilishi tegishli yuridik javob-
garlikka olib keladi, demak, huquq normasi davlatning majburlov kuchiga 
tayanadi.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling