Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
229
XI bob. Huquq ijodkorligi Ikkinchi bosqich – qonun loyihasini muhokama qilish. Qonun loyi- hasini muhokama etish qonun yaratish jarayonining muhim bosqichidir. Bu bosqich qonun chiqaruvchi organga qonun loyihasi taqdim etilib, u sessiya kun tartibiga kirgach boshlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev bu mavzuga e’tibor qaratib, «Qonunlarni qabul qilish jarayonida yangi tizim – aholi bilan muhokama qilish tizimini joriy etish lozim», – dedi. Ya’ni, «katta ahamiyatga ega, muhim qonun loyihalarini birinchi o‘qishda qabul qilgandan keyin ularni joylarda fuqarolar bilan keng muhokama qilish, ularning tak- lif va mulohalarini e’tiborga olib, loyihalarni takomillashtirgan holda ikkinchi o‘qishga kiritish tartibini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi» 1 . Qaror topgan an’anaga ko‘ra, qonun loyihasi ikki xil tarzda muhokama qilinadi: aksariyat hollarda, umumiy qoidaga binoan, parlament – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlislarida muhokama etiladi; mamlakat hayotining o‘ta muhim masalalarini tartibga solishga qa- ratilgan qonunlarning loyihalari esa, keng xalq muhokamasiga chiqariladi. Barcha qonun loyihalarini umumxalq muhokamasiga qo‘yish majburiy qoida emas. Umumxalq muhokamalari so‘nggi yillarda qonunchilik tajribasida keng qo‘llanilayotgan demokratik institutdir. Qonun loyihasi avval parlament muhokamasiga qo‘yiladimi yoki umumxalq muhokamasiga kiritiladimi, degan savolga aniq javob berish mushkul. Chunki parlament ba’zi loyihalarni avval o‘zi birinchi o‘qishda muhokama etib, zarur bo‘lsa, uni umumxalq muhokamasiga kiritish uchun matbuotda e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Ba’zan esa, parlament loyihani umumxalq muho- kamasiga chiqarib, muhokama yakunlarini aniqlaganidan keyingina uni o‘z muhokamasidan o‘tkazib, qabul qiladi. Har qanday holatda ham umumxalq muhokamasidan o‘tgan qonun loyihasi yana parlament muhokamasidan o‘tadi, aks holda loyiha qonun sifatida qabul qilinmaydi. Umumxalq muhokamasi aslida qonun loyihasi yuzasidan xalq bilan bo‘ladigan bevosita kengashuv, maslahatlashuvdir. Qonun loyihalarini umum- xalq muhokamasiga kiritish xalq ommasi tajribasini mujassamlashtirish, jamoatchilik fikrini aniqlash va qonunda xalq manfaatlari, xohish-irodasini to‘la-to‘kis aks ettirish imkonini beradi. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 9-moddasiga muvofiq, jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi. Bu qoida muhim qonun loyihalariga ham taalluqli. Umumxalq muhokamasini amalga oshirishning protsessual, tashkiliy jihatlari «Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi to‘g‘risida»gi qonunda o‘z ifodasini topgan. Gap qonun loyihasini xalq 1 Mirziyoyev Sh. Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak // Хalq so‘zi, 2017-yil 13-iyul. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling