Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
226
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi keltirilishini taqozo etmoqda. Shundan kelib chiqib, O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda bir qator yangi qonunlar, jumladan, «Tadbirkorlik to‘g‘risida», «Tad- birkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida», «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida», «O‘zbekistonda chet el investitsiyalari to‘g‘risida», «O‘zbekistonda investitsiya to‘g‘risida», «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashti- rish to‘g‘risida», «Bandlik to‘g‘risida», «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida», «Reklama to‘g‘risida», «Innovatsiyalar va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish to‘g‘risida», «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunlar, Fuqarolik kodeksi va boshqa qo- nunlar qabul qilindi. Qonun ijodkorligi jarayoni, an’anaga ko‘ra, ushbu jarayonning turli bosqichlarida ishtirok etuvchi organlar o‘rtasidagi vakolatlarni taqsimlash ma’nosida talqin etiladi. Garchand, qonun chiqarish faoliyatida u yoki bu mus- taqil subyektlar ishtirok etsalar-da, qonunchilik jarayoni asosan parlamentning qonun yaratish faoliyati tartibi bo‘lib qolaveradi. Yuridik adabiyotlarda qonun ijodkorligi jarayoniga ma’no jihatidan yaqin turuvchi bir qator iboralar, ya’ni: «qonunchilik jarayoni», «qonun chiqarish jarayoni», «qonunchilik tartib-taomili» (zakonodatelnaya protsedura») kabi kategoriyalar keng qo‘llaniladi. Qonun chiqarish jarayonining mazmuni va bosqichlari asosan konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlansa, «qonunchilik tartib-taomili», odatda, parlament (uning palatalari) reglamentlarida, ichki ni- zomlarida batafsil belgilab qo‘yiladi. Qonunchilik tartib-taomili deganda, qo- nun loyihalarining parlament doirasida ko‘rib chiqilishi, muhokama etilishidan tortib to qabul qilinishi va kuchga kiritilishigacha bo‘lgan barcha xatti-harakat- larni amalga oshirish tartibi (ketma-ketligi) tushuniladi. Qonunchilik protse- durasi, – deydi professor M.N. Marchenko, – qonun loyihalarini tayyorlash va qabul qilish bilan bog‘liq yuridik mustahkamlangan qoidalarning bir butun majmuidan iborat 1 . Yuqoridagi mulohazalarni umumlashtirib aytish mumkinki, qonun ijod- korligi qonunlarni tayyorlash, muhokama qilish va qabul qilish bosqichlari va harakatlari bilan bog‘liq qonunchilik jarayonidir. Ikki palatali parlament sharoitida qonun ijodkorligi jarayoni quyidagi besh bosqichdan iborat bo‘ladi: 1) qonunchilik tashabbusi; 2) qonun loyihasini muhokama qilish; 3) qonunning Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinishi; 4) qonunning Senat tomonidan ma’qullanishi; 5) qonunni imzolash va e’lon qilish. 1 Qarang: Марченко М.Н. Теория государства и права: учебник. – М.: «Проспект», 2008. – 552-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling