Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Huquq 
ijodkorligining 
prinsiplari
2-§.


221
XI bob.
 Huquq
ijodkorligi
ifodalashga ko‘maklashadi. Ushbu prinsip, shuningdek, qonunchilik hujjatla-
rini yaratishda xalqning, bevosita xalq vakillari(deputat va senatorlar)ning, 
jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlar, siyosiy partiyalarning, fuqaro-
larning huquqiy siyosatni shakllantirish va qonunchilikni takomillashtirishda 
keng ishtiroki orqali namoyon bo‘ladi
1
.
Huquq ijodkorligining demokratikligi. Demokratizm huquq ijodkor-
ligida xalq irodasini aniqlash va qonunda ifoda etish darajasi bilangina tavsiflan-
maydi. Bu, avvalo, huquqiy hujjatlar qabul qilishda, xususan, qonun chiqarishda 
xalqning ishtirokini ta’minlashda namoyon bo‘ladi. Demokratizm parlament va 
mahalliy xalq deputatlari kengashlari faoliyati jarayonida aks etadi. Referendum 
qonun qabul qilishning bevosita demokratik shakli ekanligini yuqorida ta’kidlab 
o‘tgan edik. Shuningdek, demokratiyaning bevosita shakllariga o‘ta muhim nor-
mativ-huquqiy hujjatlar loyihasining xalq muhokamasiga qo‘yilishi ham kiradi. 
Bunday muhokamalar chog‘ida mamlakat fuqarolari, jumladan, olimlar, mu-
taxassislar loyiha yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildiradilar. Shu tariqa 
xalqning fikri, irodasi qonun chiqaruvchi organga ayon bo‘ladi va uni huquqiy 
normalar mazmunida to‘laqonli aks ettirish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Binobarin, demokratiyaga intilish ijtimoiy taraqqiyotimizning bosh 
yo‘nalishidir. «Demokratiya atamasining qanday sharhlanishi emas, balki 
uning qanchalik realligi, haqiqiyligi, yashashga qobilligi muhimdir... U hayo-
timizning har bir soniyasiga singab ketmasa, turmushimizning ajralmas qis-
miga aylanmasa, hamma shiorlar va ta’riflar mazmunsiz... so‘z o‘yini bo‘lib 
qolaveradi»
2
. Demokratik qadriyatlar, mezon va me’yorlar haqida so‘z borganda 
quyidagilarni qayd etish muhim ahamiyatga ega: «Jamiyatda demokratiya qay 
darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor. Bular – xalq qarorlar 
qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligidir. Hukumat qarorlari xalq 
tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda 
qanchalik ishtirok etishidir»
3
.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling