Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


) Xalqning bevosita huquq ijodkorligi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

1) Xalqning bevosita huquq ijodkorligi. Xalq tomonidan amalga 
oshiriladigan huquq ijodkorligining eng yorqin ifodasi 
referendum – davlat va 
jamiyat hayotining o‘ta muhim masalalari bo‘yicha umumxalq ovoz berishidir. 
Referendum huquq ijod etishning alohida shakli sifatida xalqning o‘z irodasini 
bevosita bayon etishi hisoblanadi. Bu huquqiy normalar yaratishning o‘ta 
nufuzli turi bo‘lib, referendum natijalari davlat hokimiyat organlarining biron-
bir tarzdagi tasdiqlashiga muhtoj emas. Referendum yo‘li bilan qabul qilingan 
hujjat mamlakat hududida oliy yuridik kuchga ega bo‘ladi va faqat referendum 
orqali bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasining 
«Referendum to‘g‘risida»gi Qonunini 1-moddasi). U qat’iy irodaviy mazmunda-
ga siyosiy-yuridik institutdir. Mohiyat-e’tibori bilan referendum davlatning u 
yoki bu qarorining xalq ovozi bilan tasdiqlanishi, shu orqali unga uzil-kesil va 
umummajburiy xususiyat baxsh etilishidir. Xalqning intilish va istaklari, man-


217
XI bob.
 Huquq
ijodkorligi
faat va irodasini aniqlash hamda qonun darajasiga ko‘tarishda referendum eng 
samarali usul hisoblanadi.
«Xalq huquq ijodkorligi» tushunchasining butun mazmuni, barcha qir-
ralari birgina «referendum» instituti orqali batafsil ochilmaydi. Xalqning bevosita 
huquq ijodkorligi ancha keng tushuncha bo‘lib, uning mazmuniga quyidagi 
voqeliklar ham kiradi:
– xalqning huquq tashabbuskorligi;
– huquqiy hujjat (qonun) loyihasining jamoatchilik (umumxalq) muho-
kamasi;
huquqiy hujjatni, qonunni xalq ovoz berishi orqali qabul qilish 
(referendum).
Demak, referendum xalq huquq ijodkorligining bir, yakuniy bosqichidir
1
.
2) Davlat organlarining huquq ijodkorligi. Bu huquq ijodkorligining 
asosiy, keng tarqalgan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan turidir. Davlat organlari- 
ning vazifasi, vakolatlari hamda faoliyat yo‘nalishlari qonunda belgilab qo‘yiladi. 
Ana shu yuridik vakolatlar doirasida har bir davlat organi normativ-huquqiy 
hujjatlar qabul qiladi. Ularning vakolatlari darajasi va ko‘lami normativ huj-
jatlarning yuridik kuchini, o‘zaro mutanosiblik (iyerarxik) munosabatlarini 
belgilab beradi. Odatda, davlat organlarining huquqiy maqomini belgilovchi 
yuridik akt(hujjat)da (Konstitutsiya, qonun, farmon yoki nizomda) ular qan-
day yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat qabul qilishi belgilab 
qo‘yiladi. Masalan, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 84-moddasiga ko‘ra, Oliy 
Majlis – qonun qabul qiladi; 94-moddasiga ko‘ra, Prezident – farmon, qaror va 
farmoyish chiqaradi; 98-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi Oliy Majlis 
va Prezident hujjalari ijrosini ta’minlash uchun qaror va farmoyishlar chiqaradi. 
Konstitutsiyaning 15 va 16-moddalari esa, qonun ustuvorligi prinsipini mustah-
kamlaydi. Bu moddalar mazmuni bilan normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi 
o‘zaro bo‘ysunish va ustuvorlik munosabatlari aniq-ravshan belgilab qo‘yilgan.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling