Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qonunchilik funksiyasining mohiyati
219
XI bob. Huquq ijodkorligi Huquq ijodkorligi davlat faoliyatining huquqiy shakllaridan biri bo‘lib, bu jarayonda quyidagi funksiyalar bajariladi: qonunlar, boshqa huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash; amaldagi qonunchilikni yangilash, uni ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlariga doimo moslashtirib turish; eskirgan huquqiy normalarni bekor qilib borish; huquqda hal etilmagan jabhalar, bo‘shliq(probel)ni to‘ldirib borish; qonunchilikni tartibga keltirish bir tizimga solish(sistemalashtirish). Davlat qonunchilik faoliyati orqali siyosiy, iqtisodiy, sotsial-madaniy va mafkuraviy hayotning hamma sohalaridagi eng muhim masalalarni hal etish- ga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar yaratadi. Qonunchilik funksiyasi har qanday davlatning ajralmas funksiyasi bo‘lib, bu uning shunday bir faoliyat yo‘nalishiki, unda davlatning oliy vakillik idorasi ijtimoiy tajribani umumlashti- rish asosida jamiyatga davlat rahbarligini o‘tkazish va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish maqsadida qonunlar yaratadi, mavjud qonunlarni o‘zgartiradi va eskirganlarini bekor qiladi. Qonunchilik funksiyasining mohiyati shundaki, bunda davlat (hukm- ron sinf, demokratiya sharoitida – butun xalq) o‘z irodasiga rasmiy majburiy siyosiy tus beradi. Ayni paytda uning mohiyati, butun siyosiy xarakteriga qaramasdan, voqelikni, ijtimoiy munosabatlar mazmunini nazariy anglashdan (hech bo‘lmaganda, shunday bilish taqozosidan) iborat. «Qonunchilik funksi- yasi, – irodaning amali emas, balki uning «nazariy energiyasi» bo‘lishlikdir. Bu yerda iroda o‘zini qonun o‘rniga o‘tkazmaydi: uning roli aynan haqiqiy qo- nunni (obyektiv taraqqiyot qonunini – X.O.) ochish va ifoda etishdan iboratdir. Qonun chiqaruvchi qonunlarni kashf etmaydi, balki ularni shakllantiradi, u faqat anglangan ijobiy qonunlarda ma’naviy munosabatlarning ichki qonun- larini ifoda etadi» 1 . Demak, hayotning, taraqqiyotning obyektiv qonuniyatlari birlamchidir, qonun esa, ularni yuridik shakl sifatida qayd etadi. Qonun yaratishning mohiyati mana shundadir. Davlat hokimiyati yuridik qonunlarsiz o‘z amalini topolmaydi. Shu sabab- li davlat ijobiy qonunchilik yuritadimi yoki sifatsizmi, bundan qat’i nazar, maz- kur faoliyatni albatta amalga oshiradi. Bu faoliyat bo‘lmasa, hech bir masala siyosiy ahamiyatlilik darajasiga ko‘tarila olmaydi. Zero, fuqarolik jamiyatining hamma ehtiyojlari ham... qonun tariqasida umumiy e’tirofga sazovor bo‘lish uchun muqarrar ravishda davlat irodasi orqali o‘tadi 2 . Buning sababi shuki, faqat qonunlargina obyektiv zarur bo‘lgan huquqning eng muhim xususiyat- larini imkon qadar ko‘proq va zamonaviy darajada o‘zida ifoda etib, uni davlat himoyasiga qo‘yishi mumkin. 1 K. Marks, F. Engels. Аsarlar. 1-jild. – 162, 359-betlar. 2 Marks K, Engels F. Tanlangan asarlar. – T., 1981, 3-jild. – 435-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling