Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Huquq ijodkorligida qonuniylik prinsipi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Huquq ijodkorligida qonuniylik prinsipi. Ushbu prinsip huquq ijodkor-
ligi subyektlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash, muhokama 
etish, qabul qilish va e’lon qilish borasidagi xatti-harakatlari Konstitutsiyaga va 
boshqa qonunlarga asoslanishidan kelib chiqishi lozim. Huquq ijodkorligidagi 
qonuniylik ikki jihatni nazarda tutadi: 
birinchidan, davlat organlari tomonidan 
qabul qilinadigan har bir hujjat ularning vakolatlari doirasida va tegishli hujjatlar 
uchun belgilangan taomil (tartib) asosida chiqarilishi shart
ikkinchidan, norma-
tiv-huquqiy hujjatning mazmuni ham qonuniylik talablariga javob berishi shart. 

Qarang: Оdilqoriyev Х.Х. O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik tizimi. – T.: TDYuI, 2008. – 31-bet.

Karimov I.А. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. – T.: «O‘zbekiston», 1998. – 560-bet.

O‘sha joyda.


222
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Ya’ni, yangi chiqarilayotgan hujjat qonunlar va yuridik kuchi bo‘yicha o‘zidan 
yuqori turuvchi boshqa huquqiy hujjatlarga zid bo‘lmasligi kerak.
Qonun ustuvorligi, qonuniylik prinsipi, avvalo, qonun chiqaruvchi or-
gan hamda ijroiya hokimiyat yuqori organlari uchun ham dasturulamaldir. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan qabul qilingan «Hara-
katlar strategiyasi»da qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va 
erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash masalalariga 
nihoyatda jiddiy e’tibor qaratilganligi tahsinga loyiq
1

Qonun ustuvorligi yalpi qonuniylikni ta’minlashning muhim sharti. Bashar-
ti, qonunlar, farmonlar va hukumat qarorlari Konstitutsiyaga muvofiq bo‘lmay 
qolsa, maxsus muhofaza mexanizmi ishga tushadi. Bunday hollarda Konsti-
tutsiyaviy sud o‘zining tegishli xulosasini chiqaradi va g‘ayrikonstitutsiyaviy 
hujjatni harakatdan to‘xtatadi.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling