Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

220
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Davlat hokimiyatining xalq irodasiga va iqtisodiy ehtiyojlarga mos yuri-
dik qonunlari jamiyatda mujassam huquq sifatida gavdalanadi. Bunday vaziyat 
faqat demokratiya sharoitida bo‘lishi mumkin. Aslini olganda, yuridik qonunlar 
qonun chiqaruvchi idora tomonidan qayd etilgan va shu idora tomonidan ochil-
gan muayyan turdagi ijtimoiy munosabatlar mavjudligining obyektiv qonuni-
dan boshqa narsa emas.
Shunday qilib, huquq ijodkorligining ko‘rsatib o‘tilgan funksiyalarining 
yuqori saviyada muntazam bajarib turilishi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy 
tartibga solish samaradorligining oshishini, qonunchilik tizimining izchil 
tarzda takomillashuvini ta’minlaydi.
Demokratik davlatda xalqning iroda-
sini, ijtimoiy manfaat va ehtiyojlarni qonun 
darajasiga ko‘tarish 
huquq ijodkorligining 
mazmunini tashkil etadi. Ushbu o‘ta jiddiy 
va mas’uliyatli jarayon muhim prinsiplar asosida amalga oshiriladi. Agar shun-
day prinsiplarga, ya’ni rahbariy g‘oya va qoidalarga tayanilmasa, huquqiy nor-
malar tizimida sifat va samaraga erishib bo‘lmaydi. Eng asosiysi, xalq irodasi 
va manfaatlari ifodasini to‘liq ta’minlab bo‘lmaydi.
Shu bois mamlakatimizda amalga oshiriladigan huquq ijodkorligi 
quyidagi 
asosiy prinsiplarga tayanadi:
Huquq ijodkorligining xalqchilligi. Demokratik davlat o‘zining qo-
nun ijodkorligi, huquq yaratish faoliyatida o‘z xalqi bilan, aholisining keng 
qatlamlari bilan mustahkam bog‘liq va chambarchas aloqador bo‘lishi lozim.
Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbayi ekanligi Konstitutsiyamizda 
mustahkamlangan. Shunday bo‘lgach, davlat, uning organlari huquq yaratish 
chog‘ida xalq manfaati va ehtiyojlaridan kelib chiqishi mantiqiy holdir. Ayniqsa, 
qonunni xalq tomonidan saylangan deputatlar qabul qilishida chuqur va bevosita 
ramziy ma’no bor. Xalq o‘z muxtor vakillari orqali qonun chiqarish hokimiyati-
ga daxldor bo‘ladi. Qolaversa, huquq ijodkorligi subyekti hisoblanadigan barcha 
davlat organlarining ushbu faoliyati keng jamoatchilik, xalq ommasi nazorati 
ostida ro‘y beradi. Xalqchillik prinsipi haqida gap borganda butun mas’uliyatni 
his etish darkor. Zero, normativ-huquqiy hujjatlarda turli demokratik kanal-
lar vositasida (xususan, ommaviy axborot vositalari orqali) xalqning tabiatini
fazilatlarini, mentalitetini, ruhini aks ettirish g‘oyatda muhimdir. Xalqning qo-
nun (huquq) ijodkorligida bevosita va bilvosita ishtirok etishi demokratiyaning 
asosiy talabidir. Jumladan, qonun loyihalarining umumxalq muhokamasiga 
qo‘yilishi qonunda va boshqa huquqiy hujjatlarda xalqning xohish-irodasini to‘la 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling