Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

206
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
mativ xarakterga ega bo‘ladi; farmon normativ hujjat bo‘lishi ham, bo‘lmasligi 
ham mumkin. Ba’zan farmonlar individual hujjat sifatida chiqariladi.
Qonun o‘z yuridik kuchi jihatidan farmondan ustun turadi. Farmon nor-
mativ-huquqiy hujjatlar iyerarxiyasida qonundan keyingi o‘rinni egallaydi. Qo-
nun bilan farmonning qoidalari o‘zaro zid kelib qolgan taqdirda, qonun ustu-
vorlik qiladi.
Shu o‘rinda qonunning ham, farmonning ham tartibga solish predmeti 
borligini yodda tutish lozim. Konstitutsiyaga muvofiq farmon bilan hal 
etiladigan masala bo‘yicha qonun chiqarish mumkin emas va aksincha. Biroq, 
farmonlar parlament – Oliy Majlis Senatining tasdig‘idan o‘tishi lozim. Qonun 
Konstitutsiyada belgilangan alohida qat’iy o‘rnatilgan tartibda (odatda, besh 
majburiy bosqichli jarayon natijasida) qabul qilinadi. Farmonni qabul qilish esa
qonun ijodkorligi jarayonidagi singari maxsus bosqichlarni amalga oshirishni 
talab etmaydi.
Hukumatning qaror va farmoyishlari. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 
98-moddasiga binoan, Respublika Hukumati – O‘zbekiston Respublikasining 
Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq mamlakatning 
butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, man-
sabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar 
va farmoyishlar chiqaradi. Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va 
ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni ta’minlash maqsadida qo-
nunlar, Oliy Majlis palatalarining boshqa qarorlari, O‘zbekiston Prezidentining 
farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasining qarorlari normativ-huquqiy xususiyatga ega 
bo‘lib, ular iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy va boshqa ijroiya organlari faoliyatini 
boshqarishga yo‘naltirilgandir. Hukumat qarorlari va farmoyishlari qonunga 
yoki Prezident farmoniga zid kelib qolsa, qonun yoki farmon amal qiladi. Hu-
kumatning bunday qarori bekor qilinishi shart bo‘ladi.
Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari faqat unga Konstitutsiya 
va qonun bilan belgilab berilgan vakolat doirasidagina chiqarilishi mumkin. 
Prezidentlik hokimiyati qaror topganidan buyon, aksariyat hollarda, farmon-
larda hukumatga topshiriqlar ifodalanib, unga tegishli qaror qabul qilish vazi-
fasi yuklatiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 
16-fevraldagi «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashti-
rish to‘g‘risida»gi Farmonida Vazirlar Mahkamasiga ikki oylik muddat ichida 
mazkur farmonning ijrosi bo‘yicha Hukumat qarorini qabul qilish topshirig‘i 
berildi
1
.

Хalq so‘zi, 2017-yil 17-fevral.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling