Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
388
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi qilish natijasida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yayotgan fuqaroning muomala layoqati sud tomonidan fuqarolik protsessual qonunda belgilangan tartibda cheklab qo‘yilishi mumkin»ligi belgilangan. Mazkur qoida talabiga ko‘ra, spirtli ichimliklar yoki giyohvandlik vositalarini suiiste’mol qilib, o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yayotgan fuqaroning muomala layo- qati sud tomonidan cheklanmasa, u mantiqan muomala layoqatiga ega, deb hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjatlarni teleologik (maqsadli) sharhlash ularni chiqarishdan ko‘zlangan bevosita, yaqin kelajakdagi, pirovarddagi maqsadlarni belgilashga qaratilgan bo‘ladi. Teleologiya, ya’ni maqsadga muvofiqlik va hayotdagi maqsadlar to‘g‘risidagi ta’limotga muvofiq, huquq va uning ayrim tarkibiy qismlari tizimli hodisa sifatida aniq maqsadga yo‘naltirilgandir. Teleologik sharhlash qonun qanday maqsadni ko‘zlaganligi bilan bog‘liq holda uning ma’nosini aniqlashdir. Norma va uni amalga oshirishning obyek- tiv oqibatlari bilan aloqasi teleologik sharhlashni mustaqil usul sifatida ajratib ko‘rsatish uchun asos bo‘ladi. Teleologik sharhlash jarayonida turli qo‘shimcha normativ-huquqiy hujjatlarga, birinchi navbatda, rasman talqin qilingan huj- jatlarga ham murojaat qilinishi mumkin. Huquqning barcha subyekt- lari teleologik sharhlash subyektlari bo‘lishi mumkin. Huquq subyektlarining ijtimoiy-huquqiy ongi huquq normasini uning maqsadi bo‘yicha sharhlashning muhim omili hisoblanadi. Teleologik sharhlashning o‘ziga xos xususiyati shundaki, barcha bilimlar va ulardan foydalanish usullari normaning bevosita mazmunidan (maqsadi- dan) chetga chiqish bilan bog‘liq bo‘ladi. Mazkur usulda bilish vositasi sifatida mantiq qonunlaridan, tizimli obyektlar to‘g‘risidagi fan qonunlaridan, maxsus yuridik bilimdan, tarix va shu kabilardan foydalaniladi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling