Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet389/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   385   386   387   388   389   390   391   392   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

387
XVIII bob.
 Huquq
normalarini sharhlash
Sharhlanayotgan normaning tarixiy kelib chiqish shartlari, ya’ni 
huquqiy norma ma’nosining qabul qilinishi tarixiga murojaat qilish orqali 
uni huquqiy tartibga solish tizimiga kiritishdan ko‘zlangan maqsad 
aniqlanadi. Sharhlashning tarixiy-siyosiy usulida normativ hujjatning matni 
bilan birga tarixiy hujjatlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihasining muho-
kama qilinishi va qabul qilinishi bilan bog‘liq materiallar, bunday hujjatlar 
chiqarilishi vaqtidagi urf-odatlar, yuridik amaliyotning ilmiy sharhlari va 
boshqa shu kabi qo‘shimcha manbalardan foydalaniladi. Sharhlovchi sub-
yekt hayolan huquqiy normaning hayotga kirib kelishiga sabab bo‘lgan tarixiy 
sharoitlarga qaytib, o‘sha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muhitni 
o‘rganib chiqadi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari uchun tarixiy-siyosiy 
sharhlash alohida ahamiyatga ega. Chunki, shu faoliyat davlat manfaatlari 
bilan, ularni himoya qilish bilan uzviy bog‘liq. Shuning uchun qonun chiqaruv-
chi idoraning siyosiy maqsadini tushunish, uning tarixini bilish ishning sifatli 
va muayyan maqsadga qaratilgan bo‘lishiga yordam beradi. Sharhlashning 
tarixiy-siyosiy usuli, masalan, ma’muriy, fuqarolik yoki intizomiy huquqbu-
zarlik chegarasida bo‘lgan jinoiy ishlarni tekshirishda katta ahamiyat kasb 
etadi. Tergovchi huquqbuzarlikning tarkibini tahlil qilib va huquqiy siyosatning 
zamonaviy talablarini hisobga olib, ish bo‘yicha qonunlar doirasida maqsadga 
muvofiq qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan u huquqiy nor-
maning maqsadga erishishini ta’minlaydi.
Mantiqiy sharhlash – tafakkur jarayoni bo‘lib, huquqni talqin etayot-
gan shaxs sharhlashning boshqa usullariga murojaat etmasdan faqat mantiq 
usullari yordamida huquq normasini izohlash usulidir. Bunda huquqiy nor-
maning matnidagi ifodalar, tushunchalar bir-biri bilan ichki mutanosibligi va 
mantiqiy jihatdan uzviy bog‘langanligiga e’tibor berilib, huquqiy normaning 
mazmuni aniqlanadi. Mantiqiy usul huquqiy holatlarni bilishda formal va 
dialektik mantiq vositalaridan foydalanishni taqozo etadi. Bunda sharhlashning 
obyekti normativ-huquqiy hujjat ichki qismlarining o‘zaro aloqadorligi hisob- 
lanadi. Mantiqiy sharhlashning 
maqsadi huquq normalarining mazmunini 
mantiq qonuniyatlari va prinsiplariga tayangan holda tushuntirishdan iborat 
bo‘ladi.
Mazkur sharhlash usuli yordamida huquq normasining mazmuni man-
tiqiy jihatdan qayta shakllantiriladi, tushunchasi mantiqiy tahlil qilinadi. 
Ularning hajmi, belgilari va aloqalari aniqlanadi. Huquqiy qoida hayotiy 
holatga yaqinlashtiriladi, shuningdek, o‘xshash va qarama-qarshi jihatlar 
o‘rganib chiqiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
30-moddasida «spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik vositalarini suiiste’mol 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   385   386   387   388   389   390   391   392   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling