Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet387/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

385
XVIII bob.
 Huquq
normalarini sharhlash
– qonun chiqaruvchi organ qonunning matnida adabiy til me’yorlaridan 
chetga chiqqan bo‘lsa, sharhlash jarayonida ham xuddi shunday izohlash 
lozim;
– huquq normasini sharhlashda bir sohaga taalluqli iborani ikkinchi bir 
taalluqli bo‘lmagan sohada ishlatish taqiqlanadi;
– agar qonun matnidagi ibora mazmuni aniq ifodalanmagan bo‘lsa, 
uni sharhlashda huquqshunoslik fani va amaliyotida keng qo‘llanilayotgan 
so‘zlardan foydalanish lozim;
– agar qonun biror-bir iborani turli ma’noda tushunishga «ruxsat» ber-
masa, uni har xil talqin etish mumkin emas
– turli iboralarni asossiz ravishda bir ma’noda qo‘llash taqiqlanadi; 
– qonunning biror-bir so‘zini ortiqcha ibora sifatida talqin qilishga yo‘l 
qo‘ymaslik kerak
1
.
Huquqiy normani tizimli (sistemali) sharhlash – huquqiy normaning 
mazmuni boshqa normalar bilan o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlikda, mazkur 
huquqiy normaning normativ-huquqiy hujjat, huquq instituti, huquq tarmog‘ida 
tutgan o‘rni va ahamiyati aniqlanadi. Tizimli sharhlash yordamida normalar va 
hujjatlar o‘rtasidagi ziddiyatlar (kolliziyalar) aniqlanadi va bartaraf etiladi.
Tizimli sharhlash usulida sharhlovchi subyekt tomonidan, 
birinchidan, 
huquq normasining huquq tizimidagi o‘rni aniqlanadi (huquq sohasi, instituti), 
ikkinchidan, sharhlanayotgan huquq normasi bilan, mazkur norma tatbiq etili-
shi nazarda tutilayotgan aniq hayotiy munosabat o‘rtasida mantiqiy bog‘liqlik 
borligi aniqlanadi
uchinchidan esa, sharhlanayotgan normaning mazmunini 
bilishga erishiladi.
Tizimli sharhlash rasman bekor qilinmagan, biroq amalda boshqalari 
bilan almashtirilganligi sababli ahamiyatsiz, foydalanilmay qolgan normalar-
ni ham aniqlash imkonini beradi. Normalarning o‘zi mansub bo‘lgan huquq 
tarmog‘ining umumiy qismi bilan aloqalari, tizimli sharhlash vaqtida hisobga 
olish zarur bo‘lgan holatlardan biridir. Bunday aloqani ko‘rib chiqish, talqin 
qilinayotgan normaning ma’nosini har tomondan aniqlashtirish va kengroq 
ochish, uning umumiy yo‘naltirilganligini anglashga imkon beradi. Masalan, 
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 615-moddasida ijara shartno-
masini bekor qilish tartibi mustahkamlangan. Shartnomani bekor qilishning 
asoslari Fuqarolik kodeksining 382-moddasida ham belgilangan. Ijara shartno-
masi bekor qilinishi chog‘ida ushbu moddalar bir-biri bilan solishtirilib, ijara 
shartnomasini bekor qilish masalasi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik 
kodeksi 615-moddasi bilan hal etiladi.

Qаrаng: Общая теория государства и права. Академический курс в 2-х томах. Под ред. проф. 
М.Н. Марченко. Том 2. Теория права. – М.: «Зерцало», 1998. – 328–329-betlar.
25–18-8



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling