Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
381
XVIII bob. Huquq normalarini sharhlash Huquqni sharhlash – yuridik fanning an’anaviy mavzularidan biri. Huquq hodisasi bilan har qancha «muloqot» qilish, uni amal- ga oshirish, ayniqsa, qo‘llash masalalari bi- lan «to‘qnashuv» har safar huquqiy imperativlar, talablarning ma’no-mazmunini aniqlab, oydinlashtirib olish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Huquqiy vaziyatni va unga nisbatan qo‘llanadigan huquqiy me’yorlar mazmunini mukammal anglab, to‘la tushunib ish tutish uning mahsuldor va samarali bo‘lishini kafo- latlaydi. Qo‘llaniladigan huquqiy normaning mazmunini teran tushunib olishga sharhlash instituti ko‘maklashadi. «Huquqiy normani sharhlash» kategoriya- sini tahlil etish doirasida avvalo «sharhlash» iborasining etimologiyasini bilib olish muhimdir. «Sharhlash» – lotincha «interpretation» iborasidan olingan bo‘lib, uni keng va tor ma’noda talqin etish mumkin. Sharhlashni keng ma’noda tushunishda, tabiiy yoki ijtimoiy hodisalarni tushuntirishga qaratilgan har qanday bilish jarayoni nazarda tutiladi. Tor ma’noda esa – so‘zlar, iboralar, formula va ramzlarni, ya’ni tabiiy yoki sun’iy til belgilarini aniqlashtirishni anglatadi. Ijti- moiy fanlarda «sharhlash» atamasi – «talqin qilish», «izohlash», «tushuntirish» kabi so‘zlarning sinonimi tarzida qo‘llaniladi. Huquqni sharhlash tushunchasi adabiyotlarda turlicha talqin etiladi. Ba’zi bir mualliflar, huquqni sharhlash deganda – faqat huquq normasi mazmuni- ni aniqlab olishni tushunsalar, boshqalar esa, huquqiy norma mazmunini tu- shuntirishni sharhlash deb hisoblaydilar. Uchinchi yondashuv tarafdorlarining fikricha, huquqni sharhlash – huquq mazmunini ham aniqlash, ham tushun- tirib berishdan iborat. Huquqni sharhlash tushunchasini idrok etishda dastlabki ikki yondashuvda bir tomonlamalikka yo‘l qo‘yiladi. Aslida, sharhlash – huquq mazmunini aniqlash va uni tushuntirib berishdan iborat murakkab ijodiy ja- rayon bo‘lib, har ikki jihatning yagonaligida namoyon bo‘ladi. Huquqni sharhlashning mazkur jihatlari quyidagicha ta’riflanadi: Huquqning ma’nosini aniqlash va tushunish, ya’ni shaxsning huquq nor- masini anglash va o‘rganish jarayonidir. Bunda shaxs huquq haqidagi dastlabki tasavvurga ega bo‘ladi, u haqidagi mavjud ma’lumotlarni o‘zlashtiradi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling