Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet379/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

377
XVII bob.
 Huquqning harakatlanishi 
va uni amalga oshirish
Huquqni qo‘llash hujjatlari davlat or-
ganlari, jamoat tashkilotlari va mansabdor 
shaxslarning huquqni qo‘llash faoliyatining 
natijasi bo‘lib, hisoblanadi. 
Huquqni qo‘llash hujjati – davlatning hokimiyatini 
amalga oshirish yuzasidan chiqariladigan yakka tartibdagi muayyan hujjat 
bo‘lib, vakolatli subyekt tomonidan aniq huquqiy masalani mazmunan hal 
etish yuzasidan chiqariladi. Huquqni qo‘llash hujjatlari ijtimoiy munosabatlarga 
huquqiy ta’sir ko‘rsatish mexanizmida tutgan o‘rni, zaruriyati hamda foydaliligi 
nuqtayi nazaridan mustaqil qiymatga ega. Huquqni qo‘llash hujjatlari qadr-qim-
matining yuqoriligi yana shu bilan belgilanadiki, ular orqali normativ-huquqiy 
hujjatlar bilan bir qatorda ijtimoiy maqsadlarni amalga oshirishga erishiladi.
Huquqni qo‘llash hujjatlari quyidagi bir qator xususiyatlarga ega:
1) ular vakolatli organlar va mansabdor shaxslar tomonidan chiqariladi. 
Bundan esa, huquqni qo‘llash hujjatlarining davlat-hokimiyat xususiyatiga ega 
ekanligi kelib chiqadi;
2) bu hujjatlar qat’iy individuallashgan bo‘lib, ular aniq shaxslar va 
hodisalarga qaratilgan bo‘ladi;
3) bu hujjatlarning bajarilishi davlatning majburlov kuchi bilan 
ta’minlanadi;
4) huquqni qo‘llash hujjatlari bir marta qo‘llaniladi, shu bilan u o‘z kuchi-
ni yo‘qotadi. 
Huquqni qo‘llash hujjatlarida, ular sudlov, ma’muriy yoki boshqa davlat 
organlari yoki mansabdor shaxslar tomonidan qabul qilinishidan qat’i nazar, 
har doim davlatning obro‘si va kuchi namoyon bo‘ladi. Shuning uchun mazkur 
hujjatlarda nazarda tutilgan ko‘rsatmalarni bajarishdan bosh tortish, ularni 
buzish tegishli tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
Huquqni qo‘llash hujjatlari quyidagi talablarga javob berishi lozim: a) maz-
kur hujjatlar qaysi normativ-huquqiy hujjatlar asosida qabul qilingan bo‘lsa, 
ularga aniq mos kelishi; b) huquqni qo‘llovchi organ yoki mansabdor shaxsning 
vakolati doirasida qabul qilinishi; d) chuqur va har tomonlama asoslantirilgan 
bo‘lishi; e) huquqni qo‘llash hujjatlariga rasmiy tus beruvchi barcha zarur 
rekvizitlarga (hujjatning nomi, qabul qilinish joyi va vaqti, mazkur hujjatni 
qabul qilgan organ nomi, tegishli muhr, imzoning mavjudligi va hokazo) ega 
bo‘lishi.
Huquqiy adabiyotlarda huquqni qo‘llash hujjatlari huquqning manbayi bo‘la 
olmasligi qayd etiladi. Sababi, mazkur hujjatlar o‘zlarida umumiy yurish-turish 
qoidalarini emas, balki alohida hayotiy holatga taalluqli ko‘rsatmani mujassam-
lantiradi. Huquq nazariyasida huquqni qo‘llash hujjatlarini tasniflash masalasi 
alohida ahamiyatga ega. Huquqni qo‘llash hujjatlarini bir necha mezonlar aso-

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling