Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
beshinchi bosqichi – chiqarilgan individual
huquqiy hujjatni bajarish choralarini ko‘rish nazarda tutadi. Qaror (buyruq, hukm) ning bajarilishini ta’minlash ba’zan maxsus organlarga (prokuror, ichki ishlar organi xodimi, sud ijrochisi, soliq inspektori va h.k.) yoki qarorni chiqargan organ (shaxs) ning o‘ziga yuklatiladi. Huquq normasini qo‘llashning oltinchi, yakunlovchi bosqichi – qabul qilingan qarorning amalda bajarilishini nazorat (monitoring) qilish, ijroni tek- shirish hisoblanadi. Huquq normasini qo‘llashga qonunlarga qat’iy amal qilishni talab etuv- chi murakkab mantiqiy jarayon deb qarash lozim. Biroq, huquq normasini qo‘llashda formal mantiqning rolini juda ham oshirib yuborish yaramaydi, chunki huquqning hayotga samarali sur’atda kirib borishini ta’minlashdagi asosiy usul – huquq normasini qo‘llashda to‘g‘ri va adolatli ish ko‘rishdir. Bu esa, asosan dialektik metodni keng qo‘llash, undan unumli foydalanish nati- jasidagina amalga oshiriladi. Umuman huquqning ta’sirchanligini ta’minlash va huquq normalarini tat- biq etish jarayonini tushunish uchun ularni kimlar tomonidan qaysi vaqtda qo‘llash mumkinligini aniqlab olish alohida ahamiyat kasb etadi. Gap huquqni qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lgan subyektlar haqida ketmoqda. Huquq norma- larini amalda qo‘llash davlat organlari, mansabdor shaxslar jamoat tashkilot- lari tomonidan shaxslarning o‘zaro munosabatlariga nisbatan tatbiq qilinadi. Shunga ko‘ra muayyan huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki to‘xtatilishi sodir bo‘ladi. Huquq normalari o‘z xususiyatiga ko‘ra, faqat davlat organlari yoki shu ishga aloqador bo‘lgan shaxslar tomonidangina emas, balki jamoat tashkilotlari (kasaba uyushmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish or- ganlari va boshqalar) tomonidan ham muayyan sharoitlarda qo‘llanishi mumkin. Huquq normalarini qo‘llash jarayonida alohida fuqarolar ham faol ishtirok etishlari talab qilinadi. Demokratik jamiyatda qonunlarni hayotga tatbiq etishda davlat organlari bilan bir qatorda jamoat tashkilotlarining roli ham kun sayin o‘sib bormoqda. Masalan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqa- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling